ALISHER NAVOIYNING TURKIY XALQLAR MA’NAVIY YUKSALISHIDAGI O‘RNI
TÜRK HALKLERİNİN MANEVİ YÜKSELİŞİNDE ALİ ŞÎR NEVÂÎ’NİN ROLÜ
##article.subject##:
shoir, davlat arbobi, devon, turkiy til, turkiy adabiyot, tazkira, ma’naviyat, adabiy ta’sir##article.abstract##
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, davlat arbobi sifatida amalga oshirgan xayrli ishlari, shuningdek, Husayn Boyqaro va Navoiyning do‘stona munosabatlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, Navoiyning ijtimoiy psixolog, madaniyat homiysi, ongli olim, mashhur shoir, buyuk mutafakkir, turkiy xalqlarning tili va adabiyotining himoyachisi sifatida amalga oshirgan xizmatlari tahlil qilinadi.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach, Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. U dastlab muhrdorlik mansabiga, keyin esa Bosh vazir va Astrobod hokimi lavozimiga tayinlanadi. Hatto Husayn Boyqaro dono maslahatlari va ezgu xizmatlari evaziga Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi.
Alisher Navoiy boshqa millatlarning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom ko‘rsatgan, turkiy xalqlar farovonligi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan. Jumladan, 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi.
Alisher Navoiyning turkiy tilda yozilgan ilk “Xamsa”si, “Majolis un-nafois” tazkirasi, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari, turkiy devonlari tufayli nafaqat turkiy til va adabiyot, hatto butun dunyo xalqlarining tafakkur olami mislsiz darajada rivojlandi. Shu sababli Navoiyning ummon qadar keng ijodi dunyo navoiyshunoslari uchun muhim tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi.
Библиографические ссылки
Алишир Наваи диван. Издание текста, предисловие и указатели Л.В.Дмитриевой. – Москва: Наука, 1964.
Жеменей И. Абай құнанбайұлының шығармасындағы түркі-парсы ақындар (шығыстық дүниетаным): монография. – Алматы: Қазақ университеті, 2020. – 177 бет.
Жеменей И. Мырза Хайдар Дұғлат, тарихшы-қаламгер (монография). – Алматы: Зерде, 2007. – 360 бет.
Жеменей И. Түрік халықтары әдебиеті тарихына кіріспе: оқу құралы. – Алматы: Қазақ университеті, 2019. – 274 бет.
Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг жаҳон маданияти тарихида тутган ўрни // Халқаро илмий анжуман материаллари. – Тошкент: О‘qituvchi, 2012.
Маънавият юлдузлар: (Марказий Осиёлик машҳур сиймолар, алломалар, адиблар) // Масъул муҳаррир: М.М.Хайруллаев. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. – 1999. – 400 бет.
Fuad Köprülü. Türk edebiyatında ilk mutasavvıflar. – Ankara: Arisan matbaacılık sanayi, 1984. – 415 s.
دیوان امیرانتظام الدین علیشیرنوایی، "فانی" به اهتمام: دکتررکن الدین همایون فرخ، تهران، انتشارات اساطیر، چاپ اول، ۱۳۷۵، ۳۴۶ صفحه.