JAMIYATDAN AJRATISH BILAN BOG‘LIQ BO‘LMAGAN JINOIY JAZOLARNI TAYINLASHNING AYRIM XUSUSIYATLARI
##article.subject##:
jamiyatdan ajratish bilan bog’liq bo’lmagan jazo, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, muqobil jazolar, jinoyatchi shaxsi, axloqan tuzatish, qayta tarbiyalash.##article.abstract##
Maqolada muallif tomonidan jamiyatdan ajratish bilan bog’liq bo’lmagan jinoiy jazolarni
tayinlashning ayrim xususiyatlariga oid mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, muallif
ta’kidlashicha bugungi kunda qat’iy jazo choralarini qo‘llash natijasida jazoga mahkum etilgan shaxslar
hamda jazoni amalga oshiruvchi sub’ektlarning axloqiy qadriyatlari tanazzulga uchraydi, turmush
tarzi esa qo‘pol tus oladi. Bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashda bunday keskin jazo
choralariga tayanish kutilgan samarani bermayotganligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu bois
mamlakatimiz jinoyat-huquqiy siyosatida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo
turlarini tayinlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muallif ushbu mavzuni tadqiq qilib, Yakunlovchi
xulosa sifatida ta’kidlash joizki, jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoiy jazolar tizimi va
ularni tayinlashga oid yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalarning qonunchilikka tatbiq etilishi,
mazkur sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini
asoslantirgan