HOZIRGI JONLI SO‘ZLASHUV TILIDAGI OZIQ-OVQAT NOMLARI YANGI O‘ZLASHMALARINING QO‘LLANILISH KO‘LAMI

##article.authors##

  • R. Nabiyeva

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Maqola oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining hozirgi jonli so‘zlashuv tilidagi qo‘llanilish ko‘lami xususida bo‘lib, dalillar asosida yoritib berilgan. Unda oziq-ovqat tushunchasiga qisqacha to‘xtalib, glyuttonik pragmatonimlar, gastronimlar, kulinaronimlar haqida ham ma’lumot berib o‘tilgan. O‘zbek tili leksikasida hozirda axborot texnologiyalari o‘zlashma nomlari, maishiy texnika o‘zlashma nomlari, kiyim-kechak o‘zlashma nomlari, oziq-ovqat o‘zlashma nomlari kabi leksik semantik guruhlar shakllanib ulgurgani, ayniqsa, oziq-ovqat o‘zlashma nomlarining o‘zbek tili leksikasida ortib borayotgani misollar asosida tahlil qilingan. Maqolada oziq-ovqat nomlari yangi o‘zlashmalarining kelib chiqishida brend nomlarining ahamiyati haqida ham fikr bildirilgan. Shuningdek, oziq-ovqat yangi o‘zlashmalarining eng faol qo‘llanayotgan doirasi atroflicha bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: glyuttonik diskurs, glyuttonik pragmatonimlar, gastronimlar, kulinaronimlar, o‘zlashma makaron nomlari, o‘zlashma meva nomlari, qandolatchilik mahsuloti nomlari.

Загрузки

##submissions.published##

2024-06-29

##issue.issue##

##section.section##

Статьи