TOPONIMIKAGA OID TERMIN VA TUSHUNCHALAR TAVSIFI

##article.authors##

  • B. Nurmuxammedov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada toponomika sohasiga oid terminlar va tushunchalar tahlil qilingan. Shuningdek, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani toponimlarining leksik-semantik tahliliga oid kuzatishlar natijasida toponimlarni farqlashning bir nechta belgilari asoslangan. Toponimlar insoniyat va jamiyat taraqqiyotining ajralmas elementi ekanligi muhokama qilinib, atamalar izohlangan. Bundan tashqari, Qoʻshrabot tumani toponimiyasining lugʻaviy tarkibi, toponimlarning tiplari va ularning funksional belgilarini aniqlash maqsadida maqolada hudud toponimlarini qanday obyektning atoqli oti boʻlib kelishiga koʻra guruhlarga ajratib tasniflangan. Lingvistik nuqtai nazardan toponimlar birinchi oʻrinda tildagi soʻz, atoqli otlari ekanligi, ular oʻzlarida butun bir til qatlamlarini ifoda etishi va uning paydo boʻlishi va taraqqiyoti tarixini aks ettirishi o‘rganilgan. Geografik nomlarning leksik element, lingvistik kategoriya sifatidagi maqomi ularni til qonuniyatlariga boʻysindiradi va toponimika geografik nomlarning kelib chiqishi, evolyutsiyasi, oʻzgarish sabablarini tadqiq etadi degan xulosalar izohlangan.

Kalit so‘zlar: toponomika, termin, tushuncha, geonim, kosmonim, makrotoponim, mikrotoponim,oykonim, gidronim, tilshunoslik;

Загрузки

##submissions.published##

2024-03-21

##issue.issue##

##section.section##

Статьи