ILMIY MANBALARDA ZOOMORFIK METAFORALARNING O‘RGANILISHI

##article.authors##

  • D. Norkuziyeva

##article.abstract##

ANNOTATSIYA Ma’lumki, zoomorfik tasvirlar antik davr madaniyatidan boshlab to hozirgi kungacha badiiy adabiyotning ajralmas bir qismi bo‘lib kelmoqda. Insoniyat tarixining turli bosqichlarida dunyoni anglash odamlarning hayvonlar bilan aloqalari ta'sirida sodir bo‘lgan. Odamlar o‘zlarining xulq-atvorini, odatlarini, tashqi ko‘rinishini, turmush tarzini kuzatdilar, buning natijasida ular ma'lum bir tasvirning tashuvchisi sifatida u yoki bu hayvon turlari haqida o‘zlarining g‘oyalarini shakllantirdilar.  Inson ongining rivojlanishi bilan hayvonlar haqidagi tasavvurlari, qarashlari ularning madaniyatida ham turlicha o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunga kelib, hayvon zoomorfik tasvirlarining paydo bo‘lishi va keyingi rivojlanishini, shuningdek, tarixning turli davrlarida odamlar ongida uning idrok etilishi haqida turli xil nazariyalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu maqolada hayvonlar haqidagi ibtidoiy tasavvurlar, ilk zoomorfizm va uning ko‘rinishlari hamda ularning keyingi rivojlanishida qay darajada o‘z aksini topganligi va antik davrning so‘nggi tarixida ham saqlanib qolinganligi  bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

        Kalit so‘zlar: zoomorfik metafora, metaforik birliklar, zoomorf obrazlar, hayvonlar tasviri, metaforik tuyg‘ular, antropotsentrizm, qiyosiy tahlillar.

Загрузки

##submissions.published##

2024-01-12