8-SINF ADABIYOT DARSLIGIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINING YORITILISHI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozir amalda bo‘lgan 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan adabiyot darsligi va 1986-yilda nashr etilgan adabiyot darsliklaridagi ijodkor tarjimayi holining berilishi qiyosan tahlil qilingan. O‘qitishning samarali usullari, darsliklarda muallif avtobiografiyasining berilishida yutuq va kamchiliklar xususida so‘z yuritilgan. Maqolada qiyosiy-tipologik tahlil orqali solishtirilayotgan darsliklardagi ma’lumotlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Unda berilayotgan ma’lumotlar va asarlar qiyoslash orqali tahlil qilingan. Shuningdek, darsliklardagi berilgan ma’lumotlarning keyingi yillardagi o‘zgarish sabablari ham dalillar asosida bayon etilgan. Har bir berilgan ma’lumotlarning o‘quvchilar ong-u tafakkurida aks etishi, ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga ta’siri haqida mulohazalar bildirilgan. Darslikda tarjimayi holni berish usuli va o‘ziga xos metodikasi haqida ham to‘xtalib o‘tilgan, hozirgi rivojlangan davrdagi o‘quvchi tafakkuri va zehnini yanada yaxshilashga qaratilgan fikrlar va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: yozuvchi biografiyasi, asar yozilishi sabablari, darslik, zamondoshlar fikri, vatanparvarlik, insonparvarlik, ta’lim, taraqqiyot, innovatsiya, komil inson.