MUALLIFLIK TERMINLARI: LINGVISTIK MOHIYATI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA FILOLOGIK TERMINOLOGIYADAGI O‘RNI

##article.authors##

  • B. Qodirova

##article.subject##:

mualliflik termini, filologik terminologiya, tilshunoslik, termin turlari, lingvistik hodisa, o‘zbek tilshunosligi, nazariy yondashuv.

##article.abstract##

Mazkur maqolada “mualliflik termini” tushunchasining nazariy asoslari, shakllanish omillari, boshqa termin turlari bilan farqlanishi va filologik terminologiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Rus va qozoq tilshunosligida bu termin doirasida olib borilgan tadqiqotlar misolida uning zamonaviy lingvistik maktablardagi ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga, o‘zbek tilshunosligida mualliflik terminlarining mavjudligi, ularning kelib chiqishi va lingvistik tizimdagi tutgan o‘rni haqida ham tahliliy fikr yuritiladi. Maqolada N.A. Slyusaryeva tomonidan ilgari surilgan universal, unikal va mualliflik terminlari tasnifi asosida mualliflik atamalarining xususiyatlari ko‘rsatib beriladi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-16