MIFOLOGIK MAKONNI YARATISHDA CHINGIZ AYTMATOV MAHORATI

##article.authors##

  • N. Yaxyayeva

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Ushbu tadqiqotimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad – taniqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov ijodidagi mifologik elementlarning uning adabiy asarlarida mohirona ishlatishini tahlil qilishdir. Tadqiqotimiz davomida uning asarlarida insoniyatning umumiy qadriyatlarini, madaniy merosini va milliy an’analarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda mifologiyaga boy syujetlar yaratishga erishganini ham ta’kidlab o‘tdik. Aytmatovning asarlarida mifologik obrazlar, ramzlar va motivlar inson tabiatini va hayotning falsafiy mazmunini chuqur yoritishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotimiz doirasida Aytmatovning mifologiyani qo‘llash uslubidagi o‘ziga xos modernistik yondashuvni ko‘rsatishga urindik. Tadqiqotimizning asosiy vazifalaridan biri Chingiz Aytmatovning qissalaridagi mifologik elementlarni chuqur tahlil qilish hisoblanadi. Qolaversa, maqolada jahon adabiyotining boshqa durdonalariga ham qisman to‘xtalib o‘tilgan.

Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra shunga amin bo‘ldikki, Chingiz Aytmatovning asarlarida mifologik makon voqealar rivoji uchun oddiy joy emas, balki ramziy va falsafiy ahamiyatga ega bo‘lgan maydon sifatida namoyon bo‘ladi. Chingiz Aytmatovning mifologiyani ijodiy ishlatishdagi mahorati uning asarlariga ma’naviy chuqurlik, ramziy ma’no va falsafiy mazmun bag‘ishlagan. U xalqning o‘zligini, tarixiy xotirasini saqlab qolgan holda, insoniyatning umumiy qadriyatlarini tasvirlashga erishgan. Shu tariqa, Aytmatovning mifologik qarashlari uning ijodini nafaqat qirg‘iz adabiyotining, balki jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylantirgan.

Kalit so‘zlar: mifologiya, mifologik makon, mifologik obraz, ramziy ma’no, dualistik xarakter.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи