O‘ZBEK VA JAHON ADABIYOTIDA MASAL JANRINING O‘QITILISHIGA DOIR QARASHLAR TAHLILI

##article.authors##

  • G‘. Karjavuv

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Jahon va oʻzbek adabiyotshunosligida masal janri badiiyati borasida qator tadqiqotlar yaratilgan. Janrlar kesimida nazariy jihatdan muayyan darajada oʻrganilgan. Shuningdek, poetika istilohi nafaqat adabiyotshunoslik, balki falsafa, etika, estetikaning doimiy muammosi sifatida diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Ayniqsa, Muhammad Sharif Gulxaniy nasri badiiyati va uning oʻzaro qonun-qoidalari borasida shakllangan hamda adabiy iste’moldagi xususiyatlari davrlarning oʻzgarishi natijasida muayyan yangi ta’riflarni yuzaga kelishiga imkon tugʻdirmoqda. Masalan, Muxtor Xudoyqulov Ivan Krilov masallarini mahorat bilan tarjima qilgan. 80-yillar adabiy dalolatnomasi shuni yuzaga chiqarmoqda. A.Oripov va boshqa-da shoirlar zamonaviy masallar yaratgan. A.Navoiyning “Xamsa” asaridagi masallar ham yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni dalolatlaydi. Biroq keyingi yaratilayotgan noan'anaviy masallar ham janrning oʻziga xos tarzda rivoj topayotganidan shahodat beradi. Bu asarlar alohida tadqiqotni talab qiladikim, bu, oʻz navbatida, badiiyat mohiyatidagi yozuvchi(shoir) ideali va niyati, maqsad-u maslagi, inson taqdiriga daxldor muhim humfarmo mushohadani hal qilishni taqozolaydi.

Kalit so‘zlar: masal, kompozitsiya, yujet, tarixiy janr,o‘ziga xoslik.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи