URUSH YILLARIDA TEATR VA KINO SAN’ATINING XORAZM VILOYATI AHOLISINING MA’NAVIY-MADANIY HAYOTIDAGI O‘RNI
##article.subject##:
Vatan, spektakl, teatr, kino, madaniyat, konsert, dunyoqarash, front, san’at##article.abstract##
Urush yillari teatr jamoalari frontga jo‘nashi munosabati bilan kadrlar yetishmovchiligi sezildi. Endilikda sahnalashtirilishi lozim bo‘lgan spektakllar uchun ko‘proq oz personajli asarlarni tanlash lozim bo‘lib qoldi. Plakat xarakteridagi asarlar o‘zbek teatrlari sahnasida uzoq yashamadi, biroq urushning dastlabki yillarida dramaturgiya sohasi jangovor hamda mafkuraviy targ‘ibotning qudratli qurollaridan biriga aylangan edi. Shu sababli respublika teatrlarining repertuarlarida bu yillarda vatanparvarlik ruhidagi sahna asarlari ko‘plab namoyish etildi. Respublikadagi san’at sohasida ishlayotgan kishilarning urush yillaridagi murakkab mehnatlariga baho berish juda qiyin. Urush yillarida viloyatda ikkita teatr (Urganch va Xivada), bir qancha truppa va havaskorlik to‘garaklari mavjud edi. Teatr va truppalarning repertuarlari urush mavzusi bilan almashtirildi. Bu teatrlarda “Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Oshiq G‘arib va Shohsanam", "Tohir va Zuhra", "Arshin mol-olan" kabi spektakllar bilan birga, urush mavzuidagi ”O‘lim bosqinchilarga”, "Qasos", "Jaloliddin" kabi spektakllar ham munosib o‘rin oldilar. Teatrlar faoliyatining front orti mehnatkashlari uchun ma’naviy-madaniy jihatdan o‘rni beqiyos edi. Respublikada san’at sohasi vakillaridan iborat 30 dan ortiq konsert brigadalari frontdagi askar va zobitlari uchun 400 dan ko‘proq konsert dasturlarini qo‘yishdi, mamlakatimiz hududida joylashgan harbiy qismlarda o‘n besh ming, kasalxonalarda o‘n mingta konsert uyushtirilib, taqdim etildi. Respublika bo‘yicha 1941-yilning iyul oyidan 1944-yilgacha 203 ta yangi pastanovka qo‘yildi, 18565 spektakl va konsert namoyish etildi. Bu tadbirlar orqali 6 687 303 tomoshabinga xizmat ko‘rsatildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida viloyat teatr va truppalari hamda Respublika teatrlari Xorazm viloyati aholisining ma’naviy-madaniy dunyoqarishini mustahkamlash va vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Библиографические ссылки
Жўраев М ва б.. (2000). Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. -Т.: Шарқ, 482-486-бетлар.
Сафарова З.С. Иккинчи жаҳон уруши йилларида Ўзбекистон маданияти. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс...автореф. –Самарқанд. 2020.
Каримов Р. (1970). Совет Ўзбекистони санъати улуғ Ватан уруши йилларида. –Т., 1970. 7-8-бетлар, Рахимова Г. Ўзбек санъати фронтда. // Қизил Ўзбекистон. 1942. 8 декабрь; Қори-Ниёзий Т.Н. Ўзбекистонда фан ва маданият яшнамоқда.//Қизил Ўзбекистон. 1944. 25 декабрь, Ишанходжаева З. Репрессивная политика Советской власти и её воздействие на культурную жизнь Узбекистана (1925-1950 гг.). Автореф.дисс… докт.ист.наук. –Т.: 2012. –50 с.; Мустафаева Н. Мустамлака ва совет даври тарихшунослигида Ўзбекистоннинг XX аср маданияти. Тарих фан.докт. ...дисс.автореф. –Т.: 2016. –85 б.
Жуманиёзов Р. (1992). Хоразм. -Урганч., О. Машарипов. Хоразмнома 5 китоб. Хоразм Ўзбекистон Республикаси таркибида. Урганч, 2013 йил, Хоразм тарихи / Масъул муҳаррир: М.Матниёзов. –Урганч: Хоразм, 1996. I–жилд. –264 б.
Рўзметов А ва б. (1985). Ғалабанинг олтин силсиласи // Совет Ўзбекистони санъати. –№ 5. –Б. 3.
Матниёзов М. (1996). Хоразм тарихи. 1-жилд. Урганч.
Хоразм хақиқати. 1942 йил 19 апрель. № 93 (4101).
Хоразм ҳақиқати. 1942 йил 10 май. №.109.
Хоразм хақиқати. 1942 йил 18 сентябрь. № 216.
Хоразм хақиқати. 1942 йил 19 сентябрь. № 217 (4225).
Хоразм ҳақиқати. 1942 йил 25 ноябр. № 272.
Хоразм хақиқати. 1942 йил 2 декабрь. № 278 (4286).
Хоразм ҳақиқати. 1942 йил 3 декабр. № 279.
Хоразм ҳақиқати. 1942 йил 5 декабр. № 281.
Хоразм ҳақиқати. 1942 йил 8 декабр. № 283.
Хоразм ҳақиқати. 1945 йил 6 июн. № 108.
Хоразм ҳақиқати. 1945 йил 28 июл. № 145.
Хоразм ҳақиқати. 1945 йил 15 август. № 159.
Мадолимов Д. Ўзбекистон санъаткорларининг улуғ ватан урушида фронт ва фронт ортида ғалабага қўшган ҳиссаси (1941-1945 йиллар). "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 7 / 2021. ISSN 2181-063X. 146-бет.