IX–XII ASRLARDA XORAZMNING YEVROOSIYO SAVDOSIDAGI O‘RNI: TARIXIY VA ARXEOLOGIK MANBALAR TAHLILI
##article.subject##:
Xorazm, IX–XII asrlar, transmintaqaviy savdo, Buyuk ipak yo‘li, Ustyurt, karvonsaroy, Gurganj, tarixshunoslik, arxeologik manbalar##article.abstract##
Mazkur tadqiqotda IX–XII asrlarda Xorazmning Yevroosiyo transmintaqaviy savdo tizimidagi geostrategik o‘rni yozma manbalar, tarixshunoslik hamda arxeologik ma’lumotlar asosida kompleks tahlil qilingan. Shu bilan birga, arab va fors geograflari hamda sayyohlarining asarlari, zamonaviy tarixshunoslik yutuqlari, Xorazm arxeologik-ekspeditsiyalari materiallari o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, mintaqaning xalqaro savdo aloqalaridagi o‘rni yoritilgan.
Shuningdek, Xorazmning Volga Bulg‘oriyasi, Xazar hoqonligi, Dashti Qipchoq, Eron, Vizantiya va boshqa Yevroosiyo hududlari bilan shakllangan savdo-iqtisodiy hamda diplomatik aloqalari tahlil qilinib, xalqaro savdo yo‘llari orqali amalga oshirilgan tovar almashinuvi va madaniy aloqalarning asosiy yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqotda Gurganj, Kot va Mizdahqon kabi yirik shaharlarning savdo-hunarmandchilik markazlari sifatidagi o‘rni, urbanizatsiya jarayonlari, hunarmandchilikning ixtisoslashuvi hamda eksport mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari IX–XII asrlarda Xorazmning Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim tranzit hamda iqtisodiy markaz sifatida Yevroosiyo savdo tizimida tutgan strategik o‘rnini tarixiy va arxeologik manbalar asosida ilmiy jihatdan asoslash imkonini beradi.
Библиографические ссылки
Al-Istaxriy. Masalik al-mamalik // Masharipov Q. Yu. Xorazmning o‘rta Sharq va Yevropa davlatlari savdo markazlari bilan tarixiy aloqalari (X–XV asrlar). – Urganch: UrDU nashriyoiti, 2016. – B. 53.
Бартольд В. В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия / В. В. Бартольд. Сочинения. Т. 1. – Москва: Изд-во вост. лит-ры, 1963. – С. 197–211.
Якубовский А. Ю. Феодальное общество Средней Азии и его торговля с Восточной Европой в X–XV вв. / А. Ю. Якубовский // Материалы по истории Turkmene i Turkmenii (MITT). Т. 1. – Москва ; Ленинград: Изд-во АН СССР, 1939. – С. 3–5.
Толстов С. П. По следам древнехорезмийской цивилизации / С. П. Толстов. – Москва ; Ленинград: Изд-во АН СССР, 1948. – С. 308–315.
Манылов Ю. П. О пути Ибн Фадлана из Хорезма через плато Устюрт / Ю. П. Манылов // Советская археология. – 1979. – № 2. – С. 92–100.
Массон М. Е. Средневековые торговые пути из Мерва в Хорезм и в Мавераннахр (в пределах Туркменской ССР) / М. Е. Массон // Труды ЮТАКЭ. Т. 13. – Ашхабад: Туркменистан, 1966. – 516 с.
Ягодин В. Н., Ходжайов Т. К. Некрополь древнего Миздакхана / В. Н. Ягодин, Т. К. Ходжайов. – Ташкент: Фан, 1970. – 327 с.
Федоров-Давыдов Г. А. Искусство кочевников Золотой Орды / Г. А. Федоров-Давыдов. – Москва: Искусство, 1976. – С. 179.
Материалы по истории туркмен и Туркмении (MITT). Т. 1: VII–XV вв. Арабские и персидские источники / под ред. С. Л. Волина, А. А. Ромаскевича, А. Ю. Якубовского. – Москва ; Ленинград: Изд-во АН СССР, 1939. – С. 202.
Хорезм в истории государственности Узбекистана / отв. ред. Э. В. Ртвеладзе, Д. А. Алимова. – Ташкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2013. – С. 101.
Турганов Б. К., Алламбергенов С. К. Xorazmning o‘rta asrlardagi madaniy-savdo aloqalarini o‘rganishda metall buyumlarining roli / Б. К. Турганов, С. К. Алламбергенов // Символ науки. – 2021. – № 5. – С. 48–53.