SHAXS IJTIMOIYLASHUVINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
##article.subject##:
Shaxs, ijtimoiylashuv, psixologik asos, psixoanaliz, psixosotsial rivojlanish, ijtimoiy o‘rganish, identitet, ijtimoiy muhit, ijtimoiy rol, me’yorlar, shaxsiy rivojlanish##article.abstract##
Ushbu maqolada sotsial psixologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lgan shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni va uning psixologik asoslari tahlil qilingan. Ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishi orqali amalga oshadi. Ishda psixologik nazariyalar – Freydning psixoanaliz nazariyasi, Eriksonning psixosotsial rivojlanish konsepsiyasi, Banduraning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi hamda Jorj Gerbart Mid va Charlz Horton Kuli tomonidan ilgari surilgan “oyna orqali men” konsepsiyasi asosida ijtimoiylashuv mexanizmlari yoritilgan. Shu bilan birga ijtimoiylashuv vositalari, bosqichlari va unga ta’sir etuvchi omillar keng ko‘lamda tahlil etilgan. Ushbu tadqiqot shaxs taraqqiyotida ijtimoiylashuvning psixologik ahamiyatini aniqlab beradi va psixologik muammolarni oldini olishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Sh.M.Mirziyoyevning 15.06.2017 kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqidan. Manbaa: O‘zA
Muxamedov A.M. "Ijtimoiy psixologiya", Toshkent: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2019.
G‘ulomov A., Saidov S. "Shaxs va jamiyat", Toshkent, Manaviyat- 2018.
Freyd Z. "Psixoanalizga kirish", Toshkent, O’qituvchi 2002.
Erikson E. Childhood and Society. — New York: Norton, 1950.
A. Bandura. "Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi", Nyu-York, 1977.
Mead G.H. "Mind, Self, and Society", Chikago, 1934.
To‘xtayev N. "Axborot psixologiyasi", Toshkent ilm ziyo , 2020.
Reber A. "Psixologik lug‘at", Moskva Eksmo,2001.