O‘ZBEKISTON MEHNAT BOZORIDA YOSHLAR BANDLIGI: STRUKTURAVIY NOMUTANOSIBLIKLAR VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA STRATEGIYALARI
Ключевые слова:
yoshlar bandligi, mehnat bozori, hududiy nomutanosiblik, raqamli iqtisodiyot, NEET, Genriqsen indeksi, dual ta’lim, migratsiya, inson kapitaliАннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston mehnat bozorida yoshlar bandligining iqtisodiy mazmuni, uning hududlar kesimidagi nomutanosibliklari, raqamli transformatsiya sharoitida shakllanayotgan yangi bandlik shakllari hamda inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yoshlar ishsizligi, NEET toifasidagi yoshlar ulushi, hududlararo ishsizlik tafovutlari, migratsiya oqimlari va Genriqsen indeksi dinamikasi o‘rganildi. Tahlillar natijasida ta’lim tizimi bilan mehnat bozori o‘rtasidagi ko‘nikmalar nomutanosibligi, hududiy infratuzilma farqlari va raqamli imkoniyatlarning notekis taqsimlanishi yoshlar bandligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Muammoni yumshatish uchun dual ta’limni kengaytirish, hududiy bandlik dasturlarini differensial asosda yuritish, yoshlar va ayollar uchun moslashuvchan ish shakllarini rivojlantirish hamda raqamli ko‘nikmalarni ommalashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi [1; 3; 4; 5; 6].
Библиографические ссылки
Abdullayev, M.K., Begalova, D.B. Current issues in ensuring employment in the Republic of Uzbekistan // Economy and Innovative Technologies, 2021.
Axmedova, G.A. O‘zbekiston sharoitida yoshlar bandligini ta’minlashda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlari // Texnologiyalar, fan va ta’lim taraqqiyotidagi dolzarb muammolar, 2025, 3(5), 323–326.
Honorati, M., Marguerie, A. Youth Employment in Uzbekistan: Opportunities and Challenges. Washington, DC: World Bank Group, 2021.
Hojiyev, T.T. O‘zbekiston hududlarida aholi bandligi tahlili: 2020–2024-yillar // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 2025, №9, 1124–1128.
Madrakhimov, Q.E. Mintaqalar kesimida iqtisodiy nomutanosibliklar va ularni kamaytirish strategiyalari // Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnali, 2025, №13, 2086–2097.
Ochilov, M.T. O‘zbekistonda ishsizlik darajasining dinamikasi va uni kamaytirish omillari: 2018–2025 yillar tahlili // Yangi Renessansda ilm-fan taraqqiyoti, 2025, 101–104-b.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Aholi bandligi va ishsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar, 2021–2024.
International Labour Organization. Central Asia Employment Trends Report. Geneva, 2023.