TOʻGʻONSIZ SUGʻORISHDAN MUHANDISLIK NAZORATIGA: XORAZMVOHASI IRRIGATSIYA TIZIMIDAGI BURILISH (1946–1991-YILLAR)
##article.subject##:
Amudaryo, Xorazm vohasi, irrigatsiya, melioratsiya, toʻgʻonsiz suv olish, Tuyamoʻyin gidrouzeli, Taxiatosh gidrouzeli, Toshsoqa kanali, kollektor-drenaj, shoʻrlanish, sholichilik, suv taqsimoti.##article.abstract##
Maqolada Amudaryo quyi oqimidagi Xorazm vohasi irrigatsiya-melioratsiya tizimida XX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan tarixiy burilish arxiv hujjatlari va soha adabiyoti asosida tahlil qilingan. Vohada koʻp asrlar davomida amal qilgan toʻgʻonsiz, daryo oqimining tabiiy rejimiga qaram va qoʻl mehnatiga asoslangan sugʻorishdan toʻgʻonli, mavsumiy tartibga solingan va mexanizatsiyalashgan sugʻorishga oʻtish jarayonini uch bosqichga ajratib koʻrsatadi. Xorazmdagi qurilishlar boʻsh choʻl zaminida emas, koʻp asrlik muhandislik anʼanasi va zich sugʻorish tarmogʻi ustida amalga oshirilgani ularni Buxoro, Qarshi yoki Sherobod choʻllaridagi yangi oʻzlashtirishdan tubdan farqlantirgani asoslanadi. Taxiatosh va Tuyamoʻyin gidrouzellarining barpo etilishi bilan voha suv taʼminoti oʻz tarixidagi eng kafolatlangan darajaga koʻtarilgani, biroq ayni shu davrda kollektor-zovur qurilishining ortda qolishi, kanallarning qoplamasizligi va havza miqyosidagi suv taqsimotining oʻzgarishi vohani ekologik inqirozga yaqinlashtirgani koʻrsatiladi. Shu tariqa muhandislik gʻalabasi va ekologik yoʻqotish bir jarayonning ikki tomoni sifatida talqin qilinadi.
Библиографические ссылки
Собиров Ж.Х. Хоразм вилоятининг табиий-географик ўрни ва унинг хусусиятлари // Formation of Psychology and Pedagogy as Interdisciplinary Sciences: халқаро конференция материаллари. – Италия, 2022. – Б. 229–231.
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. – Тошкент: ЎзССР ФА нашриёти, 1959. – Б. 24.
Бартольд В.В. Сочинения. Т. III. Работы по исторической географии. – М.: Наука, 1965. – С. 172–184.
Шульц В.Л. Реки Средней Азии. – Ленинград: Гидрометеоиздат, 1965. – С. 271–277.
Маркевич Е.Н. Тюямуюнский гидроузел на р. Аму-Дарье // Гидротехника и мелиорация. – 1966. – №9. – С. 3–4.
Мамедов А.М. Развитие ирригации в Узбекистане. – Ташкент: Фан, 1967. – С. 245–247.
O‘zR MA, R.837-jamg‘arma, 38-ro‘yxat, 23-yig‘ma jild, 198–201-varaqlar.
O‘zR MA, R.2483-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 749-yig‘ma jild, 40-varaq.
Мамедов А.М. Ирригация и ирригаторы Узбекистана. – Ташкент: Ўзбекистон, 1971. – С. 150–151, 165–170.
Духовный В.А., де Шуттер Й.Л.Г. Вода в Центральной Азии: прошлое, настоящее, будущее. – Ташкент, 2011. – С. 186–187.
Антонов В.И. Вклад Средазгипроводхлопка в развитие ирригации в Средней Азии // Гидротехника и мелиорация. – 1979. – №11. – С. 42–45.
O‘zR MA, R.2483-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 2474-yig‘ma jild, 3, 216–218-varaqlar.
Семёнов В.С., Морозов С.С. Стройка на Амударье // Гидротехника и мелиорация. – 1974. – №1. – С. 18–19.
Маркевич Е.Н. Тюямуюнский гидроузел на р. Аму-Дарье // Гидротехника и мелиорация. – 1966. – №9. – С. 4–6.
Ирригация Узбекистана. Т. III. – Ташкент: Фан, 1979. – С. 156–160.
Irrigation in the Countries of the Former Soviet Union in Figures / FAO. Water Reports No. 15. – Rome: FAO, 1997. – P. 216, 218.
Аденбаев Б.Е., Хайдарова О.А. Динамика использования водных ресурсов Амударьи и водообеспеченность её низовьев // Ўзбекистон География жамияти ахбороти. – Тошкент, 2013. – 42-жилд. – Б. 157.