FARG‘ONA VODIYSI OBLASTLARIDAGI ARXIV MUASSASALARI FAOLIYATI TARIXI: MUAMMO VA YECHIMLAR

##article.authors##

  • Mirzabek Karimjon oʻgʻli Xolboyev

##article.subject##:

arxiv, Farg’ona oblast arxivi, Andijon oblast arxivi, Namangan okrugi arxiv byurosi, moddiy-texnik baza, Namangan oblasti davlat arxivi, tuman arxivlari, fond, arxiv boshqarmasi, SSSR Markaziy arxiv Boshqarmasi

##article.abstract##

Ushbu maqolada farg’ona vodiysida arxivlar tashkil topishi, arxivlarga bo’lgan e’tibor, moddiy-texnik ta’minot bo’yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida arxiv muassasalarining shakllanishi va taraqqiyoti tarixiy jarayonlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda XX asrning 20–30-yillaridan boshlab Farg‘ona, Andijon va Namangan hududlarida davlat arxivlari tashkil topishi, ularning boshqaruv tizimi, fondlar tarkibi hamda hujjatlarni saqlash va hisobga olish amaliyoti bosqichma-bosqich yoritiladi. Muallif arxiv ishida uchrayotgan dolzarb muammolar – moddiy-texnik bazaning yetishmasligi, kadrlar malakasining turlicha darajada ekani, raqamlashtirish jarayonining sustligi, hujjatlar komplektlash va foydalanish madaniyatidagi kamchiliklarni hududlar kesimida ko‘rsatib beradi. Shuningdek, maqolada zamonaviy arxivshunoslik talablari asosida ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va yechimlar ishlab chiqiladi: arxiv infratuzilmasini yangilash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy-metodik ishlarni kuchaytirish, mahalliy tarixshunoslik va ta’lim tizimi bilan integratsiyani kengaytirish kabi yo‘nalishlar asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi arxiv muassasalari faoliyati tarixini yanada chuqur o‘rganish, hududiy arxivlar faoliyatini takomillashtirish va hujjatlarni ilmiy muomalaga kiritish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Библиографические ссылки

Тилеукулов Г. С. Архивное дело в Узбекистане (1918–1980-е гг.): опыт и проблемы: Автореф. дисс…канд.ист.наук. – Ташкент, 1995.

Jumayev U. O’zbekistonda arxiv ishi tarixi. – Toshkent: Turon iqbol, 2016.

Farg’ona viloyati davlat arxivi. 4-fond. 1-ro’yxat. 17-ish.

Farg’ona viloyati davlat arxivi. 4-fond. 1-ro’yxat. 149-ish

Farg’ona viloyat davlat arxivi. 1124-fond. 7-ro’yxat. 1050-ish

Namangan viloyati davlat arxivi. 788-fond, 1-ro’yxat, 2-ish.

Andijon viloyati davlat arxivi. 476-fond, 1-ro’yxat, 289-ish

Загрузки

##submissions.published##

2026-08-10

##issue.issue##

##section.section##

Статьи