XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA JANUBIY OʻZBEKISTONDA SPORT KADRLARINI TAYYORLASH: SIYOSIY, IJTIMOIY VA INSTITUTSIONAL OMILLAR TAHLILI

##article.authors##

  • Alibek Qahromon oʻgʻli Bengmatov

##article.subject##:

GTO dasturi, jismoniy tarbiya, sport infratuzilmasi, pedagogika institutlari, milliy kurash

##article.abstract##

Ushbu maqolada XX asrning ikkinchi yarmi davomida Janubiy Oʻzbekiston hududida (asosan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida) sport kadrlarini tayyorlash tizimining shakllanishi va evolyutsion rivojlanishiga Sovet davri davlat siyosatining koʻrsatgan tizimli ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda markazlashgan boshqaruv mexanizmlari asosida aholining jismoniy tayyorgarligini, mudofaa qobiliyatini oshirish va ijtimoiy salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan “Mehnat va mudofaaga tayyor” (GTO) umumittifoq dasturining strategik oʻrni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, mintaqada ixtisoslashtirilgan sport internatlari tarmogʻining kengayishi hamda Qashqadaryo va Surxondaryo pedagogika institutlari qoshida tashkil etilgan jismoniy tarbiya fakultetlarining oliy ma’lumotli murabbiy va mutaxassislar tayyorlashdagi samaradorligi yoritilgan.

Maqolada oʻzbek milliy sport turlarining, xususan, kurash va uloq-koʻpkari oʻyinlarining sovet jismoniy tarbiya modellari bilan integratsiyalashuvi, ayollar sportining mintaqaviy oʻziga xosliklar doirasida ommalashishi hamda kadrlar bazasini yaratishdagi etnik va ijtimoiy omillar arxiv hujjatlari hamda tarixiy manbalar qiyosiy tahlili asosida koʻrib chiqiladi. Tadqiqot yakunida qayta qurish davridagi iqtisodiy-tizimli inqirozlarning sohaga salbiy ta’siri baholanib, sovet davrida yaratilgan moddiy-texnik va ilmiy-metodik poydevorning mustaqillik yillaridagi milliy sport tizimi uchun tamal toshi boʻlib xizmat qilganligi haqidagi xulosalar bayon etilgan.

Библиографические ссылки

I. Arxiv hujjatlari (Archival Sources)

Oʻzbekiston milliy arxivi (OʻzMA). 2310-fond, 1-roʻyxat, 52-ish, 112-varoq.

Oʻzbekiston milliy arxivi (OʻzMA). 2310-fond, 1-roʻyxat, 164-ish, 95-96-varaqlar.

Oʻzbekiston milliy arxivi (OʻzMA). 2310-fond, 1-roʻyxat, 539-ish, 41-varoq.

Oʻzbekiston milliy arxivi (OʻzMA). 2310-fond, 1-roʻyxat, 744-ish, 197-varoq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 92-fond, 1-roʻyxat, 94-ish, 6-varoq

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1- roʻyxat, 115-ish, 22 varaq

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1- roʻyxat, 115-ish, 27 varaq

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1- roʻyxat, 58-ish, 12-18 varaq

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 18-fond, 1- roʻyxat, 73-ish, 28-29 varaq

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 45-fond, 1- roʻyxat, 45-ish, 66- varaqlar.

Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 92 –fond, 1-roʻyxat, 77-ish, 70-varoq..

Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 92 –fond, 1-roʻyxat, 77-ish, 12-47-varoq.

Toshpoʻlatov J.T. Surxandaryoda jismoniy madaniyat va sport.- Termiz: 1991.- 138 b.

II. Kitoblar va monografiyalar (Books and Monographs)

Алексеев Н. М. Организация работы в объединенных коллективах физической культуры. – Москва: Физкультура и спорт, 1971. – С. 73.

Исмаилов Р., Яроцкий Я. Вопросы истории физической культуры и спорта в Узбекистане. – Ташкент: Укитувчи, 1968.

Шоломицкий Ю. С. Физическая культура и спорт в советском Узбекистане // Очерки по истории физической культуры. – Москва: Физкультура и спорт, 1964.

III. Ilmiy maqolalar va dissertatsiyalar (Scientific Articles and Dissertations)

Asatova G. R. Tendentsii razvitiya fizicheskoy kul'tury i sporta v Uzbekistane v 20-30-e gody XX veka // Fizicheskaya kul'tura i sport – osnovy zdorovoy natsii: Materialy VI Mezhdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferentsii. – Chita: ZabGU, 2021.

Asatova G. R. Istoriya fizicheskoy kul'tury i sporta v Uzbekistane: mozaika natsional'nykh vidov sporta. – 2022.

Asatova G. R. Problemy fizicheskoy kul'tury i sporta Uzbekistana v mezhvoennyy period (1920–1930 gg.). – 2022.

Ibrahimov Yu. I., Sklyar Yu. A. Istoki fizicheskoy kul'tury Fergany // Teoriya i praktika fizicheskoy kul'tury. – Moskva: Fizkul'tura i sport, 1988.

Omonova S. Obshchaya situatsiya fizicheskogo vospitaniya i sporta v Uzbekistane v sovetskiy period // Oriental Journal of Social Sciences. – 2024.

Salimov R. Oboronno-massovaya rabota sportivnykh organizatsiy Uzbekistana v gody Velikoy Otechestvennoy voyny (1941-1945 gg.): Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepeni kandidata istoricheskikh nauk. – Tashkent: UzGSIFK, 2003.

Yagshiev S. Vazhnyy istochnik issledovaniya sotsialisticheskoy fizicheskoy kul'tury respublik Sredney Azii // Teoriya i praktika fizicheskoy kul'tury. – Moskva, 1989.

Yagshiev S. Bratskaya pomoshch' – vazhneyshee uslovie razvitiya fizicheskoy kul'tury v sredneaziatskikh respublikakh (1925-1937 gg.) // Teoriya i praktika fizicheskoy kul'tury. – Moskva, 1990.

IV. Dala tadqiqoti materiallari (Field Research Data)

Dala yozuvlari. Denov tumani, Lochin mahallasi, 31-uyda yashovchi sport faxriysi Oqboʻtaev Abdurashid Yakubovich bilan suhbat materiallari. 2023-yil 20-oktabr.

Загрузки

##submissions.published##

2026-05-11

##issue.issue##

##section.section##

Статьи