ALEKSANDR BYORNSNING BUXORO AMIRLIGIDAGI DIPLOMATIK VA JOSUSLIK MISSIYASI: GEOSIYOSIY MAQSADLAR VA TARIXIY TAHLIL (1832-yil)

##article.authors##

  • Shuxrat Azamiddinovich Bozorov

##article.subject##:

Aleksandr Byorns, Buxoro amirligi, Nasrullohxon, Buyuk o‘yin, Britaniya imperiyasi, diplomatik missiya, razvedka faoliyati, Markaziy Osiyo, karvon savdosi, xalqaro savdo aloqalari

##article.abstract##

Mazkur maqolada XIX asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan murakkab geosiyosiy jarayonlar fonida 1832-yilda Aleksandr Byornsning Buxoro amirligiga amalga oshirgan missiyasi kompleks tarixiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda Byorns faoliyatining rasmiy diplomatik vazifalari bilan bir qatorda uning yashirin razvedkaviy maqsadlari, Nasrullohxon saroyidagi muzokaralar jarayoni, shuningdek, amirlikning siyosiy tizimi, iqtisodiy hayoti va harbiy salohiyatiga oid to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.

Maqolada Byorns kuzatuvlari asosida Buxoro amirligining tashqi siyosatda ehtiyotkorlikka asoslangan strategiyasi, savdo yo‘llari va karvon tizimi, bojxona amaliyoti hamda xalqaro savdo aloqalarining o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, ushbu missiyaning Britaniya imperiyasining Markaziy Osiyodagi strategik manfaatlari bilan uzviy bog‘liqligi va uning “Buyuk o‘yin” doirasidagi dastlabki bosqichlardan biri sifatidagi o‘rni asoslab beriladi.

Tadqiqot natijalari Aleksandr Byorns tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning nafaqat o‘sha davr diplomatik siyosatida, balki keyingi tarixshunoslikda ham muhim manba sifatida xizmat qilganini ko‘rsatadi. Mazkur ish Markaziy Osiyo tarixini, xususan, Buxoro amirligining XIX asr boshlaridagi tashqi siyosiy va iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Burnes A. Travels into Bokhara. London, 1834.

Hopkirk P. The Great Game. London, 1990.

Becker S. Russia’s Protectorates in Central Asia. Cambridge, 1968.

Morrison A. Russian Rule in Samarkand. Oxford, 2008.

Bregel Y. An Historical Atlas of Central Asia. Leiden, 2003.

Khalid A. The Politics of Muslim Cultural Reform. Berkeley, 1998.

Meyer K., Brysac S. Tournament of Shadows. Washington, 1999.

Исроилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2022). Поиск Наиболее Оптимальных Способов Обучения Русскому Иностранному. Вопросы науки и образования, (1 (157)), 8-14.

Бердиев.А.А. Бухоро амирлигининг XVIII-XIX асрларда ташқи савдоси ва дипломатик алоқалари ҳақида айрим маълумотлар. Тадқиқот.уз махсус сони Тошкент 2020. махсус сон – С.198-208

Бердиев А.А. XVIII – XIX асрларда Бухоро амирлигининг халқаро муносабатлардаги ўрни. Тошкент давлат педагогика унверситетининг Илмий ахбаротлари илмий-назарий журнал 2021-йил 4-сон 30-июль Тошкент,– Б. 121-130.

Загрузки

##submissions.published##

2026-04-30

##issue.issue##

##section.section##

Статьи