JIZZAX VILOYATIDA TURIZMNING RIVOJLANTIRILISHI

##article.authors##

  • Rashid Mamatqulovich Xolmurodov

##article.subject##:

Jizzax viloyati, davlat siyosati, turizm sohasi, turizm turlari, ekoturizm, madaniy va meros turizmi, agro- va arxeologik turizm, turistik firma va tashkilotlar, xizmat koʻrsatish

##article.abstract##

Ushbu ilmiy maqolada Jizzax viloyatida turizm sohasining rivojlanish istiqbollari, viloyatning tabiiy va madaniy potensiallari, turizm infratuzilmasi, ekoturizm va madaniy meros turizmi kabi yoʻnalishlari ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, turizmning ijtimoiy-iqtisodiy taʻsiri, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar keltiriladi. Maqola Jizzax viloyatida turizmni samarali rivojlantirish uchun strategik yoʻnalishlar va davlat siyosatining ahamiyatiga urgʻu berilgan. Natijalar hududning turizm salohiyatini oshirish orqali mahalliy iqtisodiyot va aholi turmush darajasini yaxshilash imkoniyatlariga xizmat qilishi bayon etilgan. Jizzax viloyatining geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va madaniy merosining oʻziga xosligi, viloyat turizm salohiyatini oshirishda rekreatsion va madaniy-tarixiy obʻektlarning roli koʻrsatib oʻtilgan. Jizzaxda turizm sohasining hozirgi holati, xususan, kiruvchi va chiquvchi turizm turlari, hududdagi turistik firma va tashkilotlar faoliyati, mehmonxona-salomlashish infratuzilmasining rivojlanishi koʻrib chiqilgan. Shuningdek, turizm turlaridan ekoturizm, madaniy va meros turizmi, agro- va arxeologik turizm yoʻnalishlari yuzasidan soha istiqbollari tahlil qilingan.

Maqolada turizmning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, jumladan mahalliy aholi bandligi va daromad manbai sifatidagi roli, hududiy turizmni rivojlantirishda infratuzilma, xizmat koʻrsatish sifati va davlat siyosati muhimligini taʻkidlangan. Jizzax viloyatida turizmni yanada rivojlantirish uchun ilgʻor texnologiyalar joriy etish, yangi innovatsion yoʻnalishlarni ochish va mahalliy potensialdan samarali foydalanish zarurligi yuzasidan turizm klasterlari yaratish hamda ekologik va madaniy turizmni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Maqola Jizzax viloyatida turizmning barqaror rivojlanishi uchun ilmiy va amaliy asoslarni yaratish maqsadiga  va hudud iqtisodiyoti hamda madaniy muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Rahmonqulov S. Hayolat va tassurotlarga boy sayohat. “Yangi Oʻzbekiston”, 2022 yil, 21-oktyabr soni.

Usmonov M., Toshboyev Z. Turizm istiqbollari. “Jizzax haqiqati”. 2023 yil 18-yanvar soni.

Kalonov Z. Zominda aeroport barpo etilmoqda. Jizzax haqiqati. 2023 yil 15-mart.

Jizzax viloyati turizm boshqarmasining joriy hujjatlari. 2025 yil.

Xolmurodov R.M. Tarixiy oʻlkashunoslik va turizm. Jizzax – 2025 yil.

Xoldorov T. Turizm, sayyohlik. T., 2022.

Ogʻa Burtutli. Xoʻjamushkent ota ziyoratida. Vatan, 2006.

Eraliyev V., Ostonqulov I., Aqchayev F. Oʻzbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. T., 2017.

Загрузки

##submissions.published##

2026-01-07

##issue.issue##

##section.section##

Статьи