MILLIY SPORT TIZIMI VA OLIMPIYA HARAKATI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

##article.authors##

  • Sarvinoz Quvondiq qizi Toshmurodova

##article.subject##:

Pyer de Kuberten, O‘zMOQ, XOQ, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jismoniy tarbiya va sport, Vel Barker Kubogi

##article.abstract##

Ushbu maqolada O‘zbekistonda dastlabki Olimpiya harakatlarining rivojlanishi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining tashkil etilishi tahlil qilinadi. O‘zbekistonda Olimpiya harakatining taraqqiyoti ikki bosqichda kechgan bo‘lib, har bir davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi davr (1952–1992) yillarda O‘zbekiston hududida Olimpiya sporti sobiq Sovet Ittifoqi tizimi doirasida rivojlangan. Bu davrda mamlakat xalqaro sport maydoniga mustaqil ravishda chiqish, o‘z sportchilari nomidan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. O‘zbekiston jahon sport hamjamiyatlariga a’zo emas edi. Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan sport aloqalari faqat SSSR hukumati ruxsati va nazorati asosida amalga oshirilgan. Ikkinchi davr (1992 yildan hozirgi kungacha) mustaqil O‘zbekiston Respublikasida Olimpiya harakatining mustaqil tashkiliy asoslarda shakllanishi va rivojlanish davridir. Aynan shu bosqichda O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tashkil etilib, xalqaro maydonda mustaqil ishtirok boshlangani ta’kidlanadi.

Maqolada, shuningdek, jismoniy tarbiyaga bo‘lgan davlat siyosati doirasidagi e’tibor, O‘zbekiston sportchilarining xalqaro Olimpiya o‘yinlaridagi ilk qatnashuvi, MOQning vazifalari va xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorligi, sport sohasidagi islohotlar, sportchilarimizning jahon arenalaridagi yutuqlari hamda xalqaro sport maydonidagi O‘zbekistonning o‘rni haqida qisqacha bayon etiladi.

Библиографические ссылки

Akramov A.K., O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. O‘quv qo‘llanma. -Т.: O‘zDJTI nashr, 1997.

Djalilova L.A. Olimpizm madaniyatini shakllantirish vositalari. -Т.: «Fan-sportga» Respublika ilmiy-nazariy jurnal. №3-2014.

Djalilova L.A. Olimpiya bilim asoslari faniga kirish. Qadimgi Olimpiya o‘yinlari. O‘quv-uslubiy tavsiyalar. ~T.: “ITA-PRESS”, 2015.

Djalilova L.A. O‘zbekistonda 1917-1991-yillarda jismoniy tarbiya va sport. O‘quv-uslubiy tavsiyalar. -Т.: “ITA-PRESS”, 2015.

Djalilova L.A. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport (1991- hozirgi davrgacha). O‘quv-uslubiy tavsiyalar. -Т.: “ITA-PRESS”, 2015.

Djalilova L.A. Zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining qayta tiklanishi. O‘quv-uslubiy tavsiyalar. -Т.: “ITA-PRESS”, 2015.

Djalilova L.A. Xalqaro sport va olimpiya harakati. O‘quv-uslubiy tavsiyalar. -Т.: “ITA-PRESS”, 2015.

Shakirjanova K.T. Jismoniy tarbiya va sportdagi uzluksiz taʼlimni tashkil qilish. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: O‘zDJTI, 2012.

Ernazarov E. Olimpiada – jahon sporti bayrami. Ilmiy-ommabop risola. – T.: Sharq, 2008.

Olimpiya bilimlari asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: Sharq, 2002.

Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: “Ibn Sino”, 2000

Платонов В.Н., Гуськов С.И. Олимпийский спорт. Учебник. Киев:

«Олимпийская литература», 1994.

Загрузки

##submissions.published##

2025-08-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи