XVIII ASR VA XIX ASR BOSHLARIDA QORAQALPOQLARNING O‘RTA OSIYO XONLIKLARI VA ROSSIYA BILAN SIYOSIY VA IQTISODIY ALOQALARI
##article.subject##:
qoraqalpoqlar, O‘rta Osiyo xonliklari, Rossiya, XVIII asr, XIX asr, Amudaryo havzasi, Orol, qozoqlar, turkmanlar, Xiva xonligi, Quyi Amudaryo, cho‘l, sho‘rxok yerlar, o‘troq hayot, dehqonchilik, chorvachilik, soliqlar, siyosiy va iqtisodiy aloqalar##article.abstract##
Maqolada tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volga bo‘ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari etaklarida yashab kelishgani, ularning ko‘chib yashashlariga ko‘proq tashqi omillar sabab bo‘lganligi oʻrganilgan. Nihoyat ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb tomonlarida muqim hayot tarziga o‘ta boshlashdi. Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o‘tishdi. Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o‘zlashtirishdi. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bilan shug‘ullanish qoraqalpoqlar hayotida asosiy o‘rinni egallay boshladi. Shunday bo‘lsa-da, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi. XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashagan. Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 ming nafardan oshmagan. Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘lashgan, shuningdek turli majburiyatlarni ham bajarishgan.
Shuningdek, maqolada XVIII asr va XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarning O‘rta Osiyo xonliklari va Rossiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarining ahamiyati va mohiyati ilmiy tahlil etilgan.
Библиографические ссылки
Axmedov B. Tarixdan saboqlar. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1994.
Камалов С.К. Каракалпаки в XVIII-XIX веках. – Тошкент: Фан, 1968. (Kamalov S.K. Karakalpaki v XYIII–XIX vekax. – Toshkent: FAN, 1968)
Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии. – М., 1958. (Ivanov P.P. Ocherki po istorii Sredney Azii. – M.:1958.)
Жсанко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. М-Л.: Изд-во АН СССР, 1950; Жсанко Т.А. Каракалпаки Хорезмского оазиса. Т.Х.А.Э.Э. т.1. – M., 1952; Жсанко Т.А. Каракалпаки (основные проблемы этнической истории и этнографии). – М., 1969. Jsanko T.A. (Ocherki istoricheskoy etnografii karakalpakov. M-L. Izdyu AN SSSR 1950; T.A.Jsanko. Karakalpaki Xorezmskogo oazisa. T.X.A.E.E. t I. M.1952; T.A.Jsanko Karakalpaki (osnovnie problemi etnicheskoy istorii i etnografii). – M.:1969).
Андрианов Б.В. Древние оросительные системы Приаралья. –М.: “Наука”, 1969. (Andrianov B.V. Drevniye orasitelnie sistemi Priaralya. – M.: “Nauka”, 1969.)
Каримов А. Жиян творчествоси. – Нукус, 1969. (Karimov A. Jiyan tvorchestvosi. – Nukus, 1969.)
Mambetov K. Qoraqalpoqlar tarixi. – Nukus, 1991.
Пирназаров А. “Поскан” поэмаси. Вестник Каракалпакского отделения АН Республики Узбекистан. 1992. №1. – С.129-136. (Pirnazarov A. “Poskan” poemasi. Vestnik Karakalpakskogo otdelaniya AN Respubliki Uzbekistan. 1992. № 1 129-136 bet)
Камалов С.К. Каракалпаки в XVIII-XIX веках. – Тошкент: Фан, 1968. – С.26. (Kamalov S. K. Karakalpaki v XYIII-XX vekax. – Tashkent: AN 1968. 26 bet.)
Камалов С.К. Каракалпаки в XVIII-XIX веках. – Тошкент: Фан, 1968. – С.29. (Kamalov S.K. Karakalpaki v XYIII-XX vekax. Tashkent FAN. 1968. 29 bet.)
Иванов Н.Н. Очерки истории каракалпаков. (Ivanov N.N. Ocherki istorii karakalpakov).
Камалов С.К. Каракалпаки в XVIII-XIX веках. – Тошкент: Фан, 1968. – С.32. (Kamalov S.K. Karakalpaki v XYIII-XX vekax Tashkent FAN. 32 bet).
Иванов П.П. Очерки истории каракалпаков. (Ivanov P.P. Ocherki istorii karakalpakov.)
Камалов С.К. Каракалпаки в XVIII-XIX веках. – Тошкент: Фан, 1968. – С.32. (Kamalov S.K. Karakalpaki v XYIII-XIX vekax. Tashkent 1968. 32 bet.)
Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии. – М.:1958. 143-с. (Ivanov P.P. Ocherki po istorii Sredney Azii. – M.:1958. 143 bet.)
Материалы по истории каракалпаков. М-Л.: Изд-во АН СССР, 1935. – С.53. (Materiali po istorii karakalpakov. M-L. Izd-vo AN SSSR, 1935. 53 bet.)
Материалы по истории каракалпаков. М-Л.: Изд-во АН СССР, 1935. – С.50. (Materiali po istori karakalpakov. M. Izd-vo AN SSSR, 1935. 50 bet.)
Иванов П.П. Новые данные о каракалпаках. Советское востоковедение. T.3. М-Л., 1945. (Ivanov P.P. Novie dannie o karakalpakax. Sovetskoye vostokavedeniye. T.III. M-L 1945).