XOTIN-QIZLAR SPORTINI RIVOJLANTIRIShNING ISTIQBOLLARI VA MAVJUD MUAMMOLAR

##article.authors##

  • Baxtiyor Safarovich Nazirov

##article.subject##:

Barchinoy, To‘maris, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Badiiy gimnastika, psixofiziologik xususiyatlar

##article.abstract##

Uzoq tarix davomida  xotin-qizlar  o‘zlarining  teng  huquqlilik, erkinlik  va  mustaqilliklari  uchun  erkaklar  bilan  qaysidir  ma’noda  kurashib  kelganlar.  Xotin-qizlarning erkinlik  darajasi,  ularning  ijtimoiy  hayotdagi  ishtiroki,  tarixan  har  qanday  jamiyat  rivojining sifat  ko‘rsatkichi  ko‘rinishida  qabul  qilingan.  So‘nggi  100  yil  ichida  dunyoda  tanilgan  olimalar,  shoiralar,  faylasuflar va  jahon  arenasida  sport sohasida erishayotgan  betakror muvaffaqiyatlari bilan  o‘chmas  iz  qoldirgan xotin-qizlar  hissasi  aynan  o‘sha  jamiyat,  millat  rivojining  salmoqli  sifat  ko‘rsatkichidir.  Xotin-qizlar  fenomenining  ijobiy  “portlash  effekti”  natijasida  erkaklar  qatorida  nafaqat  o‘z mutaxasisliklari  va  ma’naviy  sohada,  balki  katta  sport  yutuqlari  sari  intilish  borasida  ham tenglikka erisha olishdi. Mazkur maqolada O’zbekistonda xotin-qizlar sportini rivojlanmtirishning keng istiqbollari va mazkur yo‘nalishda hal etilishi lozim bo‘lgan mavjud muammolar to‘g‘risida so‘z boradi.

Загрузки

##submissions.published##

2024-02-05

##issue.issue##

##section.section##

Статьи