ALIMENTAR SEMIRISH VA YURAK-QON TOMIR XAVFI YUQORI BO‘LGAN SHAXSLARNING SALOMATLIGI VA JISMONIY KO‘RSATKICHLARINING DARAJASINI BAHOLASH
##article.subject##:
alimentar semirish, jismoniy ish faoliyati, yurak-qon tomir xavfi##article.abstract##
Tadqiqotning maqsadi: Alimentar semirish (AS) va yurak-qon tomir xavfi (YuQTX) yuqori bo‘lgan shaxslarning psixologik holati, salomatlik darajasi va jismoniy ko‘rsatkichlarini baholash.
Tadqiqotning material va usullari. 40-70 yoshdagi tana vazn indeksi (TVI) 25 kg / m2 dan yuqori va SCORE2 bo‘yicha yuqori va juda yuqori yurak-qon tomir xavfi mavjud bo‘lgan 99 nafar shaxs tekshirildi. Barcha shaxslarga quyidagilar o‘tkazildi: tana vazni (TV), bo‘y, bel aylanasi (BA) va bo‘ksa aylanasi (Bo‘A) ni o‘lchash, BA / Bo‘A, TVIni aniqlash, gemodinamik parametrlarni o‘lchash, Tanita tarozi-analizatori yordamida metabolik parametrlarni baholash bilan bioimpedans tahlil o‘tkazish va h.k. Jismoniy ish faoliyati (JIF)ni baholash quyidagilar yordamida amalga oshirildi: olti daqiqalik yurish testi (ODYuT), nafas qisilishi intensivligini baholash uchun Borg shkalasi, Rufie-Dikson testi, jismoniy holatni aniqlash uchun E.A.Pirogovning ommaviy testi (1984), stress darajasini aniqlash uchun Reeder L so‘rovnomasi ishlatildi; salomatlik va hayot sifatini baholash EQ-5D so‘rovnomasi yordamida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari. Yuqori va juda yuqori yurak-qon tomir xavfi bo‘lgan bemorlar guruhida semizlik darajasiga qarab mashqlarga bardoshlik ko‘rsatkichlarini baholash ODYuT masofasining pasayishi bilan JIFning sezilarli darajada pasayishini, Rufie-Dikson testining ko‘payishini, nisbatan kichik jismoniy zo‘riqishdan keyin yurak tezligi va E.A.Pirogovning testiga ko‘ra jismoniy holat darajasining pasayishi, jismoniy zo‘riqishni amalga oshirgandan so‘ng nafas qisilishi darajasini aks ettiruvchi Borg shkalasining oshishini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar mashqlar tolerantligining pasayishi va semirish darajasining oshishi bilan jismoniy faoliyatda nafas qisilishi darajasining oshishini ko‘rsatadi. YuQTKX yuqori va juda yuqori bo‘lgan bemorlar guruhida Reeder L. stress ko‘rsatkichlari so‘rovnomasi va EQ–5D so‘rovnomasi bo‘yicha salomatlik ko‘rsatkichlari tahlili, stress indeksining ortishi va salomatlik ko‘rsatkichining yomonlashuvini ko‘rsatdi.
Библиографические ссылки
Европейские рекомендации по профилактике сердечно-сосудистых заболеваний в клинической практике (Пересмотр 2016). Российский кардиологический журнал. 2017; 6 (146): 7–85.
Рекомендации ESC по профилактике сердечно-сосудистых заболеваний в клинической практике 2021. Российский кардиологический журнал. 2022; 27(7): 5155. doi:10.15829/1560-4071-2022-5155.
Дедов И.И., Шестакова М.В., Мелниченко Г.А. и соавт. Междисциплинарные клинические рекомендации «Лечение ожирения и коморбидных заболеваний». Ожирение и метаболизм. 2021. 18(1): 5-99.
Botoseneanu A, Ambrosius WT, Beavers DP, et al. Prevalence of metabolic syndrome and its association with physical capacity, disability, and self-rated health in lifestyle interventions and independence for elders study participants. J Am Geriatr Soc. 2015; 63 (2): 222–232.
Березина А.В., Беркович О.А., Беляева О.Д. и др. Прогностическая значимост изменения уровня физической работоспособности для оценки благоприятной динамики метаболического синдрома у болных абдоминалным ожирением. Трансляционная медицина. 2020; 7 (6): 6-15. DOI: 10.18705/2311-4495-2020-7-6-6-15.
Hidalgo-Santamaria M, Fernandez-Motero A, Martinez-Gonzales MA, et al. Exercise intencity and incidence of metabolic syndrome: The SUN Project. Am J Prev Med. 2017; 52 (4): e95–e101.
Muers J, Kokkinos P, Nyelin E. Physical Activity, Cardiorespiratory Fitness, and the Metabolic Syndrome. Nutrients. 2019; 11 (7): 1652.
Botoseneanu A, Ambrosius WT, Beavers DP, et al. Prevalence of metabolic syndrome and its association with physical capacity, disability, and self-rated health in lifestyle interventions and independence for elders study participants. J Am Geriatr Soc. 2015; 63 (2): 222–232.
Персиянова-Дуброва А.Л., Матвеева И.Ф., Бубнова М.Г. Шкала Борга в кардиореабилитации: методология и перспективы исползования. Профилактическая медицина. 2022; 25(9): 90 96.
Бубнова М.Г., Персиянова-Дуброва А.Л. Применение теста с шестиминутной ходбой в кардиореабилитации. Кардиоваскулярная терапия и профилактика. 2020;19(4):2561.
Бубнова М.Г., Аронов Д.М. Методические рекомендации по физической активности. Под редакцией С.А.Бойцова. Кардиосоматика. 2016. 7 (1): 5-61.
M. Versteegh M, M Vermeulen K, M A A Evers S, de Wit GA, Prenger R, A Stolk E. Dutch Tariff for the Five-Level Version of EQ-5D. Value Health. 2016 Jun; 19(4): 343-52.