VITILIGONI MAHALLIY DAVOLASHDA TERI ZARARLANISH JOYLARIGA QARAB TANLANGAN DORI VOSITALARINI BAHOLASH

##article.authors##

  • Abdullaev Davlat Mukumovich

##article.subject##:

Takralimus, Pimikralimus, vitiligo, davolash

##article.abstract##

Tadqiqotimizning maqsadi vitiligoni mahalliy davolashda teri shikastlanish joylariga qarab tanlov preparatlarini baholash edi. Vazifalarni bajarish uchun biz 5 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 21 nafar bemorni o‘rgandik. Ularda qo‘llar, oyoqlar, tirsaklar va tizzalarda vitiligo elementlari mavjud edi. Bemorlar olayotgan davolanishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lindi. 1-guruhda vitiligo bilan og‘rigan 11 nafar bemor bor edi. Ularda 5-8 ta depigmentatsiyalangan elementlar mavjud bo‘lib, elementlarning o‘rtacha diametri 2 sm² (10 dan 16 sm² gacha), shilliq pardada 1/3 qismi va terida 2/3 qismi joylashgan edi. Bu guruhda takrolimus preparatining surtma shakli qo‘llanildi (bemorlarning yoshiga qarab bolalar va kattalar uchun 0,03% va 0,1% li surtma dozalari ishlatildi). 2-guruhda vitiligo bilan og‘rigan 10 nafar bemor bor edi. Ularda ham 5-8 ta depigmentatsiyalangan elementlar mavjud bo‘lib, elementlarning o‘rtacha diametri 2 sm² (10 dan 16 sm² gacha), shilliq pardada 1/3 qismi va terida 2/3 qismi joylashgan edi. Bu guruhda mahalliy davolash uchun pimekrolimus malhami ishlatildi (bemorlarning yoshiga qarab bolalar va kattalar uchun 0,03% va 0,1% li malham dozalari qo‘llanildi). Natijada shunday xulosaga keldikki, vitiligoni davolashda ikkala usul ham samarali, ammo natijalarni tahlil qilganda takrolimus (0,03-0,1%) malhamini teriga, pimekrolimus (0,03-0,1%) malhamini esa shilliq pardaga qo‘llash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. Bu esa ushbu dori vositalarini birgalikda qo‘llashni o‘rganish bo‘yicha keyingi tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi.

Библиографические ссылки

Davlatovich A. X. DETERMINATION OF GENE ACTIVITY IN VITILIGO PATIENTS //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 451-454.

Davlatovich A. X. et al. EVALUATION OF THE GENERAL SOMATIC STATUS OF PATIENTS WITH VITILIGO BASED ON THE DETERMINATION OF THE CONTENT OF NATURAL ANTIBODIES TO VARIOUS ORGANIS AND TISSUES OF THE BODY //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 472-476.

Davlatovich A. X. et al. USING IMMUNOMAX AND 0.1% TACROLIMUS OINTMENT IN THE TREATMENT OF VITILIGO //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 559-562.

Tillaqobilov I. B., Abdullaev X. D., qizi Subxonova Z. S. VITILIGO UCHUN LAZER VA FOTOTERAPİYANI QIYOSIY SAMARALIGI //Educational Research in Universal Sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 314-317.

Абдуллаев Х. Д. и др. ЛАЗЕР В ЛЕЧЕНИИ ВИТИЛИГО //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 495-500.

Ахмедова М. М., Абдуллаев Д. М., Тошев С. У. ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МАЗЬИКУРАЛИМУС ПРИ ЛЕЧЕНИИ КРАСНОГО ПЛОСКОГО ЛИШАЯ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-193.

Аширов З. Ф., Тошев С. У., Абдуллаев Х. Д. ЛЕЧЕНИЕ ВИТИЛИГО 308-НМ ЭКСИМЕРНЫМ ЛАЗЕРОМ //Актуальные аспекты медицинской деятельности в молодежной среде. – 2021. – С. 8-11.

Тошев С. У., Аширов З. Ф., Абдуллаев Х. Д. ЛЕЧЕНИЕ ВИТИЛИГО 308-нм ЭКСИМЕРНЫМ ЛАЗЕРОМ //Актуальные аспекты медицинской деятельности. – 2021. – С. 240-243.

Загрузки

##submissions.published##

2025-06-18