ME’DA VA O‘N IKKI BARMOQ ICHAK YARA KASALLIGIDA MAGNITOTERAPIYANING QO‘LLANISHI

##article.authors##

  • Abdullayev Ravshanbek Babajonovich
  • Mansurbekov Dadaxon Mansurbekovich
  • Baxtiyarova Aziza Maksudbekovna

##article.subject##:

yara kasalligi, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak, magnitoterapiya, klinik samaradorlik, regeneratsiya, yallig‘lanishga qarshi ta’sir

##article.abstract##

Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (OYK) keng tarqalgan bo‘lib, surunkali kechishi va tez-tez qaytalanuvchi xurujlari bilan ajralib turadi. Standart davolash usullari dori vositalari va parhezga rioya qilishni o‘z ichiga oladi, ammo qo‘shimcha samarali usullarni izlash dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shunday usullardan biri magnitoterapiya bo‘lib, u regenerativ, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni kamaytiruvchi ta’sirlarga ega. Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida magnitoterapiyaning klinik samaradorligini baholasb, uning yaralarning bitish jarayoni, og‘riq sindromi va remissiya davriga ta’sirini o‘rganish. Tadqiqotda 41 nafar bemor ishtirok etdi. Ular ikkita guruhga bo‘lindi: asosiy guruh (24 bemor, ular standart davolash bilan birga magnitoterapiya ham oldilar) va nazorat guruhi (17 bemor, faqat standart davolash oldilar). Diagnostika klinik, laboratoriya, rentgen va endoskopik usullar yordamida amalga oshirildi. Magnitoterapiya AMT-01 “Magniter” apparati yordamida (25 daqiqa, 30 mT kuchlanish) o‘tkazildi. Asosiy guruhda yaralarning tezroq bitishi kuzatildi: oshqozon yarasi o‘rtacha 10±1 kunda, o‘n ikki barmoq ichak yarasi esa 8±0,5 kunda bitdi. Nazorat guruhida bu muddat mos ravishda 12±1 va 11±0,8 kunni tashkil etdi. Ikki yillik kuzatuv natijalariga ko‘ra, magnitoterapiya olgan bemorlarda remissiya muddati uzoqroq va barqarorroq bo‘ldi. Magnitoterapiya oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolashda istiqbolli usul bo‘lib, regeneratsiyani tezlashtiradi va yallig‘lanishni kamaytiradi. Tadqiqot natijalari uning uzoq muddatli remissiyani ta’minlashdagi samaradorligini ko‘rsatdi. Kelgusida bu usulning terapevtik protokollarga integratsiyasini yanada chuqur o‘rganish zarur.

Библиографические ссылки

Abdullayev R. B., Bakhtiyarova A.M., Gastric and duodenal ulcers in adolescents under severe environmental conditions: disease course, diagnostic methods and methods of treatment, methodological manual, “Research science and innovation house”, Amazon, USA, 2024.

Abdullayev R. B., Bakhtiyarova A.M., Effectiveness of comprehensive treatment of peptic ulcer , Annals of clinical disciplines, 2024;1(2): 7-11.

Best Clinic. Язвенная болезнь желудка и двенадцатиперстной кишки. // Best Clinic. — 2024.

Adamant Group. Язвенная болезнь и физиотерапия. // Adamant Group. — 2023.

Elamed. О лечении аппаратом АЛМАГ хронических гастритов и язвенной болезни. // Elamed. — 2022.

Рапопорт С. И. Магнитные бури: Медико-биологические и геофизические аспекты. — М.: Советский спорт, 2022. — 186 с.

Хусинова, Ш. А., Н. А. Нармухамедова, and Н. Э. Юлдашова. "СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПРОФИЛАКТИКИ НЕИНФЕКЦИОННЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ: Хусинова ША, Нармухамедова НА, Юлдашова НЭ." Лучшие интеллектуальные исследования 22.2 (2024): 70-8.Хусинова Ш., Аблакулова М., Хакимова Л. Процесс рационального назначения лекарственных средств и выбор персонального лекарства в практике ВОП //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1/S. – С. 683-689.

Лапасов, С. Х., Хакимова, Л. Р., Самиева, Г. У., Лапасова, З. Х., Хайдарова, Д. С., & Хусинова, Ш. А. (2018). РЕЗУЛЬТАТЫ ВНЕДРЕНИЯ АДАПТИРОВАННЫХ КЛИНИЧЕСКИХ ПРОТОКОЛОВ ВОЗ ПО НЕИНФЕКЦИОННЫМ ЗАБОЛЕВАНИЯМ В УСЛОВИЯХ МНОГОПРОФИЛЬНОЙ ПОЛИКЛИНИКИ. Молодежный инновационный вестник, 7(S1), 66-67.

Загрузки

##submissions.published##

2025-06-10