TURLI JOYLASHUVDAGI O‘TKIR MIOKARD INFARKTI VA BO‘LMACHALAR FIBRILLYATSIYASI BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KORONAR QON TOMIR TIZIMI HOLATINI BAHOLASH

##article.authors##

  • Laxanov Asrorjon Olimqulovich
  • Tashkenbayeva Eleonora Negmatovna
  • Nasirova Zarina Akbarovna

##article.subject##:

o‘tkir miokard infarkti, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, koronarografiya, teri orqali koronar intervensiya, koronar qon tomir tizimi

##article.abstract##

Kirish. O‘tkir miokard infarkti (O‘MI) butun dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF) bilan birga kechganda esa kasallik kechishi og‘irlashib, tromboembolik asoratlar xavfi sezilarli darajada ortadi. BF va koronar o‘zan shikastlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik zamonaviy kardiologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda, chunki BF koronar qon aylanishining yomonlashuviga ham sabab, ham oqibat bo‘lishi mumkin.

Materiallar va usullar. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘tkazildi. Unda turli joylashuvdagi O‘MI bilan og‘rigan 236 nafar bemor ishtirok etdi, ularning 98 nafarida BF mavjud edi. Pastki O‘MI uchun o‘ng koronar arteriya (O‘KA) va o‘rovchi arteriya (UA) ning jalb etilishi xosdir. BFning doimiy shakli bilan og‘rigan bemorlarda paroksizmal shaklga nisbatan koronar arteriyalarning ko‘p o‘choqli shikastlanishi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Natijalar. Angiografik ma’lumotlar tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi:

- Oldingi O‘MI va BF bilan og‘rigan bemorlarda oldingi qorinchalararo arteriya (OQA) va uning diagonal tarmoqlarining shikastlanishi ko‘proq uchraydi. - Pastki O‘MI uchun o‘ng koronar arteriya (O‘KA) va aylanma arteriyaning zararlanishi xos. - BFning doimiy shakli bilan og‘rigan bemorlarda paroksizmal shaklga nisbatan koronar arteriyalarning ko‘p o‘choqli shikastlanishi yaqqolroq namoyon bo‘ladi. - O‘MI va BF bilan og‘rigan bemorlarda surunkali okklyuziyalar va trombotik asoratlarning yuqori chastotasi aniqlandi. Bu esa revaskulyarizatsiyaning erta va faol taktikasini talab qiladi.

Xulosa. O‘MI va BF bilan og‘rigan bemorlarda koronar o‘zanning ko‘p o‘choqli zararlanishi yuqori darajada kuzatiladi. Bu esa bunday bemorlarni davolashda individual yondashuvni talab etadi. Koronar arteriyalar holatini angiografik baholash davolashning maqbul taktikasini tanlash va asoratlarning oldini olish uchun muhim vosita hisoblanadi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan revaskulyarizatsiya va tegishli antikoagulyant terapiya qo‘shma patologiyali bemorlar prognozini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Библиографические ссылки

Tanigawa M, Fukatani M, Konoe A, et al. Prolonged and fractionated right atrial electrograms during sinus rhythm in patients with paroxysmal atrial fibrilla-tion and sinus sick node syndrome. J Am Coll Cardiol. 2018;17:403–408.

Tereshchenko LG, Rizzi P, Mewton N et al. Infiltrated atrial fat characterizes underlying atrial fibrillation substrate in patients at risk as defined by the ARIC atrial fibrillation risk score. Int J Cardiol. 2014;172(1):196–201. https://doi.org/10.1016/j.ijcard.2014.01.012

Toh N, Kanzaki H, Nakatani S et al. Left atrial volume combined with atrial pump function identifies hypertensive patients with a history of paroxysmal atrial fibrillation. Hypertension. 2020;55:1150– 1156. https://doi.org/10.1161/HYPERTENSIONAHA.109.137760

van Diepen S, Siha H, Fu Y et al. Do baseline atrial electrocardiographic and infarction patterns predict new-onset atrial fibrillation after ST-elevation myocardial infarction? Insights from the Assessment of Pexelizumab in Acute Myocardial Infarction Trial. J Electrocardiol. 2021;43(4):351–358. https://doi. org/10.1016/j.jelectrocard.2010.04.001

Vilani GQ, Piepoli M, Cripps T, et al. Atrial late potentials in patients with paroxysmal atrial fibrillation detected using a high gain, signal-averaged esophageal lead. PACE. 2016;17:1118–1123.

Villareal R, Hariharan R, Liu B, et al. Postoperative atrial fibrillation and mortality after coronary artery bypass surgery. J Am Coll Cardiol. 2004;43:742–748.

Violi F, Soliman EZ, Pignatelli P et al. Atrial fibrillation and myocardial infarction: a systematic review and appraisal of pathophysiologic mechanisms. J Am Heart Assoc. 2016;5(5):e003347. https://doi.org/10.1161/JAHA.116.003347

Wang J, Yang YM, Zhu J. Mechanisms of new-onset atrial fibrillation complicating acute coronary syndrome. Herz. 2015;40(S1):18–26. https://doi.org/10.1007/s00059-014-4149-3

Wong CX, Sullivan T, Sun MT et al. Obesity and the risk of incident, post-operative, and post-ablation atrial fibrillation: a meta-analysis of 626,603 individuals in 51 studies. JACC Clin Electrophysiol. 2015;1(3):139–152. https://doi.org/10.1016/j.jacep.2015.04.004

Yamada T, Fukunami M, Shimonagata T, et al. Dispersion of signal-averaged P wave duration on precordial body surface in patients with paroxysmal atrial fibrillation. Eur Heart J.2018;20:211–220.

Zakynthinos E, Pappa N. Inflammatory biomarkers in coronary artery disease. J Cardiol. 2019;53(3):317– 333. https://doi.org/10.1016/j.jjcc.2008.12.007

Zhu W, Wan R, Liu F et al. Relation of body mass index with adverse outcomes among patients with atrial fibrillation: a meta‐analysis and systematic review. J Am Heart Assoc. 2016;5(9):e004006. https://doi.org/10.1161/JAHA.116.004006

Zijlstra F, de Boer MJ, Hoorntje JC, et al. A comparison of immediate coro-nary angioplasty with intravenous streptokinase in acute myocardial infarction. New Engl J Med. 2020;328:680–684.

Zimmer J, Pezzullo J, Choucair W, et al. Meta-analysis of antiarrhythmic therapy in the prevention of postoperative atrial fibrillation and the effect on hospital length of stay, costs, cerebrovascular accidents, and mortality in patients under-going cardiac surgery. Am J Cardiol. 2022;91:1137–1140.

Загрузки

##submissions.published##

2025-06-06