REVMATOID ARTRIT VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI BO‘LGAN BEMORLARDA ASPIRIN QO‘LLANILISHI

##article.authors##

  • Ahmedov Ibrat Amrillaevich
  • Abdushukurova Komila Rustamovna

##article.subject##:

revmatoid artrit, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti

##article.abstract##

Revmatoid artrit (RA) kasalligini yurak ishemik kasalligi (YUIK) bilan birgalikda kechgan bemorlarga aspirin qo‘llanilganda koagulyasiya va tomir ichi trombotsitlarga  bog‘liq gemostazni o‘rganish.

Bizning tadqiqotimizda revmatoid artrit bilan yurak ishemik kasalligi birga qo‘shilib kelgan holati bilan davolangan 82 bemor (68 ayol va 14 erkak) tekshirildi.

Tadqiqot ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, fibrinogen, VO va plazmadagi fibrinolitik faollikning pasayishi aterosklerozning rivojlanishi va yurak xurujlari hamda  insult xavfining oshishi bilan bog‘liq. Bizning tekshiruvlarda ham nosteroid yallig’lanishga qarshi dori vositalari (NYAQD) vositalari va aspirin qabul qilishiga qaramasdan  koagulyasiyadagi bunday o‘zgarishlar qayd etildi. Bizning ishimizda NYAQD vositalarining aspirinorezistentlik holati meloksikam bilan 8,5%,  nimesulid bilan 7,3%, diklofenak bilan  6% ko‘rsatadi. RA bilan YuIK qo‘shilib kelganda aspirinning antitrombotsit ta’siri yetarli bo‘lmagan bemorlarga, boshqa antiagregant preparati buyurildi.

Загрузки

##submissions.published##

2021-03-04