YOD TANQISLIGI MAVJUD HUDUDLARDA YASHOVCHI AHOLINING TIREOID HOLATI
##article.subject##:
tireoid holati, O‘zbekistonda TТG, yod tanqisligi##article.abstract##
Yod tanqisligi qalqonsimon bezda diffuz bo‘qoq, autoimmun kasalliklar, tugunlar va qalqonsimon bez saratoni kabi turli patologik jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining qariyb uchdan bir qismi yod tanqisligiga qarshi amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlariga qaramay, uning salbiy oqibatlarini boshdan kechirmoqda. Aholining intellektual salohiyatining pasayishiga olib keladigan eng muhim o‘zgarishlar qalqonsimon bez gormonlarining sekretsiyasi buzilishi bilan bog‘liq. Tadqiqot maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining uch hududi aholisi orasida qalqonsimon bezning gormonal holatini o‘rganish va gormonal buzilishlar tarqalishini baholash. Materiallar va usullar: O‘zbekiston Respublikasining 25 166 nafar aholisi tahlil qilingan bo‘lib, ulardan 8 244 nafari Toshkent shahri, 15 205 nafari Samarqand viloyati va 1 717 nafari Sirdaryo viloyati aholisidir. Ma’lumotlar 2024–2025 yillar davomida oilaviy poliklinikalarga va endokrinologiya dispanserlariga qalqonsimon bez faoliyatini tekshirtirish uchun murojaat qilgan fuqarolardan to‘plandi. Natijalar: Uch hudud bo‘yicha umumiy 25 166 nafar fuqaro tekshirildi. Ulardan 18 084 nafari (71,8%)da eutireoz aniqlanib, o‘rtacha TТG (TSH) darajasi 1,93 mME/ml ni tashkil etdi. Gipotiroidizm 5 346 nafar (21,2%) aholida qayd etilib, o‘rtacha TТG darajasi 8,75 mME/ml bo‘ldi. Gipertireoz esa 1 736 nafar (6,9%) aholida aniqlanib, o‘rtacha TТG darajasi 0,16 mME/ml ni tashkil etdi. Xulosalar: O‘zbekistonda yod tanqisligini kamaytirish va endokrinologik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlariga qaramay, aholining 28%ida qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari mavjud. Gipotiroidizm va gipertireozning uchrash tezligi AQSh va Yevropa kabi rivojlangan davlatlardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqoriroq ekanligi aniqlandi.
Библиографические ссылки
Исмаилов С.И., Рашитов М.М. Прогресс в области профилактики йододефицитных заболеваний в Республике Узбекистан (1998–2016). Клиническая и экспериментальная тиреоидология. 2016;12(3):20-24. https://doi.org/10.14341/ket2016320-24
Муратова Шахло Тахиржановна, Чекманов Владимир Николаевич, Ли Виктория Афанасьевна, & Бердикулова Дильфуза Муратовна. (2024). УЗЛЫ ЩИТОВИДНОЙ ЖЕЛЕЗЫ В ЙОДОДЕФИЦИТНОМ РЕГИОНЕ: РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И ТИРЕОИДНЫЙ СТАТУС. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13926474
Coste, J., Mandereau-Bruno, L., Bertagna, X., & Wémeau, J. (2025). Prevalence of treated hyper- and hypo-thyroidism and sociodemographic and geographic disparities in France in 2020. European Thyroid Journal, 14(3), e250041. Retrieved Jul 1, 2025, from https://doi.org/10.1530/ETJ-25-0041
Hollowell JG, Staehling NW, Flanders WD, et al.. The Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism. 2002; 87 (2): 489-499.
Laurberg P, Cerqueira C, Ovesen L, et al. Iodine intake as a determinant of thyroid disorders in populations. Best Pract Res Clin Endocrinol Metab. 2010;24(1):13-27. doi:10.1016/j.beem.2009.08.013
Lee SY, Pearce EN. Hyperthyroidism: A Review. JAMA. 2023;330(15):1472–1483. doi:10.1001/jama.2023.19052
Mendes, D., Alves, C., Silverio, N., & Batel Marques, F. (2019). Prevalence of Undiagnosed Hypothyroidism in Europe: A Systematic Review and Meta-Analysis. European Thyroid Journal, 8(3), 130-143. Retrieved Jul 1, 2025, from https://doi.org/10.1159/000499751
Sheehan MT. Biochemical Testing of the Thyroid: TSH is the Best and, Oftentimes, Only Test Needed - A Review for Primary Care. Clin Med Res. 2016;14(2):83-92. doi:10.3121/cmr.2016.1309
Unnikrishnan, Ambika Gopalakrishnan; Kalra, Sanjay1; Sahay, Rakesh Kumar2; Bantwal, Ganapathi3; John, Mathew4; Tewari, Neeraj5. Prevalence of hypothyroidism in adults: An epidemiological study in eight cities of India. Indian Journal of Endocrinology and Metabolism 17(4):p 647-652, Jul–Aug 2013. | DOI: 10.4103/2230-8210.113755
Ursem, S. R., Boelen, A., Bruinstroop, E., Elders, P. J. M., Gussekloo, J., Poortvliet, R. K. E., Heijboer, A. C., & den Elzen, W. P. J. (2024). A systematic review of subclinical hyperthyroidism guidelines: a remarkable range of recommendations. European Thyroid Journal, 13(3), e240036. Retrieved Jul 1, 2025, from https://doi.org/10.1530/ETJ-24-0036