O‘PKADAGI BO‘SHLIQLI HOSILALARNING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI
##article.subject##:
O‘pkadagi bo‘shliqli hosilalar, o‘pka abssessi, o‘pka saratonining bo‘shliqli shakli, o‘pka exinokokkozi, o‘pkaning bullyoz kasalligi##article.abstract##
Ishimiz Samarqand tibbiyot universiteti klinikalarida statsionar davolangan 12 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 163 nafar o‘pkaning bo‘shliqli hosilalari bo‘lgan bemorlarni tekshirish natijalariga asoslangan. Bemorlar bo‘limga, asosan, saratonning bo‘shliqli shakliga 36 (22,1%), yiringli jarayonga 48 (29,4%) va kavernoz silga 25 (15,3%) gumon bilan yotqizilgan. Qolgan 54 (33,2%) bemor turli xil o‘pka kistoz hosilalari tashxisi bilan yotqizilgan. Abssess, saratonning bo‘shliqli shakli, kavernoz silda KT samaradorligi mos ravishda 84,6%, 63,6% va 33,3% ni tashkil etdi. Rentgenologik tekshiruvda bullyoz o‘zgarishlar 50% hollarda aniqlandi va KT samaradorligi 100% ni tashkil etdi. KT, bronxoskopiya va turli xil biopsiyalarni (endobronxial, transtorakal ignali biopsiya) oqilona va maqsadli qo‘llash o‘pkaning bo‘shliqli hosilalarini farqlashni sezilarli darajada yaxshilaydi.
Библиографические ссылки
Карнаушкина М.А., Буренчев Д.В., Струтынская А.Д. Воздушные кисты и кистоподобные изменения в легочной ткани. Пулмонология. 2019; 29 (6): 745–754.
Лукомский Г.И., Шулутко М.Л., Виннер М.Г.,Овчинников А.А. Бронхопулмонология. М., Медицина. 1982; Стр 399.
Овчинников А.А. Острые и хронические гнойные заболевания легких. РМЖ. 2002;23:1073.
Полоцкий Б.Е., Тер–Ованесов М.Д. Рак легкого – некоторые аспекты клиники, диагностики и лечения. РМЖ. 2005;23:1520.
Ясногородский О.О., Талдыкин М.В., Качикин А.С., Гандыбина Е.Г., Мурашко В.А. Синдром внутрилегочного полостного образования. РМЖ. 2014;30:2124.
Seaman D.M., Meyer C.A., Gilman M.D., McCorm - ack F.X. Diffuse cystic lung disease at high-resolution CT. Am. J. Roentgenol. 2011; 196 (6): 1305–1311.
Richards J.C., Lynch D.A., Chung J.H. Cystic and nodular lung disease. Clin. Chest Med. 2015; 36
(2): 299–312.