MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA REFRAKSIYA BUZILISHLARINI ERTA ANIQLASHDA OTA-ONALAR SO‘ROVNOMASINING AXBOROT QIYMATINI BAHOLASH

##article.authors##

  • KANDAROVA Shakhnoza Tulkinovna
  • MIRALIMOVA Malika Mukhammadovna
  • YANGIEVA Nodira Raximovna

##article.subject##:

refraksiya buzilishlari, maktabgacha yosh, ota-ona so‘rovnomasi, erta aniqlash, ko‘z salomatligi profilaktikasi

##article.abstract##

Kirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda refraksiya buzilishlari keng tarqalgan bo‘lib, standart skrining jarayonida ko‘pincha yetarlicha aniqlanmaydi. Ota-onalarni tekshiruv jarayoniga jalb etish xavf omillarini erta aniqlash samaradorligini oshiradi. Maqsad. Maktabgacha yoshdagi bolalarda refraksiya buzilishlari xavfini erta aniqlashda ota-ona so‘rovnomasi axborot qiymatini baholash. Materiallar va usullar. 2025-yil yanvar–avgust oylarida Toshkent shahrining to‘rtta tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida kesim (cross-sectional) tadqiqot o‘tkazildi. Jami 214 ta anonim so‘rovnoma tahlil qilindi. So‘rovnoma uchta xavf domenini o‘z ichiga olgan: irsiyat, ko‘rish yuklamasi/ekran vaqti hamda ochiq havoda bo‘lish muddati. Yakuniy xavf toifasi “eng yuqori domen” prinsipi asosida belgilandi. Statistik tahlil: n, %, 95% ishonch oralig‘i (Uilson usuli), Pearson χ² testi va korrelyatsiya (p < 0,05). Tanlangan kichik guruhda (n = 64) oftalmologik tasdiqlash o‘tkazildi. Natijalar. Yakuniy xavf toifalari quyidagicha taqsimlandi: past — 46,7%, o‘rta — 37,9%, yuqori — 15,4%. Asosiy domen omillari: ortiqcha ko‘rish yuklamasi — 38,2%, ochiq havoda kam bo‘lish — 36,8%, irsiy moyillik — 28,2%. Yuqori xavf 5–6 yoshli bolalarda 3–4 yoshli guruhga nisbatan tez-tez uchradi (19,1% va 10,2%; p = 0,016). Irsiyat va yuqori xavf darajasi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlandi (r = 0,39; p < 0,01). So‘rovnoma sezgirligi — 82,5%, o‘ziga xosligi — 74,3%, ijobiy bashorat qiymati (PPV) — 68,9%, manfiy bashorat qiymati (NPV) — 85,7%. Xulosa. Ota-ona so‘rovnomasi maktabgacha yoshdagi bolalarda refraksiya buzilishlari xavfini erta aniqlashda yuqori axborot qiymatiga ega bo‘lib, ommaviy skrining uchun qulay va arzon vosita sifatida tavsiya etilishi mumkin. Ushbu yondashuv keyingi oftalmologik yo‘naltirishni samarali tashkil etishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Бузруков Б.Т., Джалилова Л.А. "Эксимерлазерная коррекция анизометропии и анизометропической амблиопии у детей и подростков." Ташкентский медицинский академический журнал, 2018, № 1, с. 26-30. https://mail.journals.tma.uz/index.php/ttaa/article/download/7/6/11

Искандарова , Ш. ., Миралимова , М., & Янгиева, Н. . (2025). Современные подходы к раннему выявлению и профилактике нарушений рефракции у детей дошкольного возраста: тенденции, проблемы и перспективы. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 5(2 Part 2), 29–37. https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/45989

Каримова, М., & Назирова, С. (2025). Особенности диагностики и лечения рефракционной амблиопии у детей с детским церебральным параличом. Вестник национального детского медицинского центра, 3(1), 40–45. извлечено от https://hnchmc.uz/index.php/jour/article/view/201

Миралимова М.М., Джалилова Г.А. (2025) современные методы профилактики нарушений рефракции у детей: междисциплинарный подход Republican scientific-practical conference february 26, 2025 https://doi.org/10.5281/zenodo.14935228

Миралимова, М. М. (2025, March). Ранняя диагностика и профилактика нарушений рефракции у детей дошкольного возраста: современные технологии и перспективы. In Innovate Conferences (pp. 49-51). https://innovateconferences.org/index.php/ic/article/view/35

Осминина М.К., Асламазова А.Э., Фокина Н.Д., Нурмеева А.Р. Роль педиатра в формировании хорошего зрения у детей. Педиатрия. Consilium Medicum. 2025;1:61–69. DOI: https://doi.org/10.26442/26586630.2025.1.203178

Поболь-Солонко, О. Л., & Ванда, А. С. (2024). Аспекты медицинской реабилитации при аномалиях рефракции и косоглазии. https://rep.bsmu.by/bitstream/handle/BSMU/44537/18_21.pdf?sequence=1

Тарутта Елена Петровна, Проскурина Ольга Владимировна, Тарасова Наталья Алексеевна, & Маркосян Гаянэ Айказовна (2019). Факторы риска развития миопии в дошкольном и раннем школьном возрастах и меры ее профилактики. Российская педиатрическая офтальмология, 14 (1), 25-33.

Rizaev Zh., Tuychibaeva D. INDICATORS OF GLAUCOMA INCIDENCE AMONG THE ADULT POPULATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN // Stomatologiya . – 2021. – T. 1. – No. 1 (82). – pp. 102-107.

Tuychibaeva , D., Rizaev , Zh., & Yangieva , N. (2022). Improving the medical examination system for patients with primary glaucoma through the introduction of an electronic program. Medicine and Innovation, 1(3), 11–19. https://doi.org/10.34920/min.2021-3.001

Загрузки

##submissions.published##

2026-04-26