KIMYOVIY ADDIKTIV BUZILISHLARI MAVJUD BEMORLARDA DEPRESSIV BUZILISHLARNI KORREKSIYALASH VA KOMPLEKS REABILITATSIYA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
##article.subject##:
kimyoviy addiktiv buzilish, psixoaktiv modda, qaramlik, depressiya, reabilitatsiya, kognitiv xulq-atvor terapiyasi, motivatsion intervyu, SSRI##article.abstract##
Maqsad: Kimyoviy addiktiv buzilishlari mavjud bemorlarda depressiv buzilishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali reabilitatsiya jarayonining samaradorligini oshirish.
Materiallar va usullar: Tadqiqot 2024–2025-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filialida olib borildi. Klinik va psixometrik baholash asosida “psixoaktiv moddalarga qaramlik” tashxisi qo‘yilgan kimyoviy addiktiv buzilishlari mavjud bo’lgan 200 nafar bemor o‘rganildi. Ulardan 61%da alkogolga, 24%da opioidlarga, 9%da sintetik kannabinoidlarga va 6%da psixostimulyatorlarga qaramlik aniqlandi. Depressiv buzilishlar aniqlangan bemorlar tasodifiy tanlanma asosida ikkita guruhga ajratildi: asosiy guruh (n=100) kompleks yondashuv (SSRI + KHT + MI) asosida, taqqoslash guruhi (n=100) esa faqat SSRI preparatlari bilan davolandi. Depressiv simptomatikani baholashda HDRS, BDI va HADS shkalalari qo‘llanildi. Baholash reabilitatsiyadan oldin, 3 oylik oraliq va 6 oylik kech monitoring bosqichlarida o‘tkazildi.
Natijalar: Asosiy guruhda barcha shkalalar bo‘yicha depressiv simptomlar keskin pasaygani kuzatildi. BDI bo‘yicha ballar 25,1 ± 3,0 dan 8,4 ± 1,9 gacha, HDRS bo‘yicha 27,8 ± 4,3 dan 7,9 ± 2,2 gacha, HADS depressiya subshkalasi bo‘yicha esa 13,8 ± 2,0 dan 4,4 ± 1,1 gacha pasaydi (p < 0,001). Taqqoslash guruhida esa kamayish mavjud bo‘lsa-da, sezilarli darajada past (p < 0,005) bo‘ldi.
Xulosa: Kimyoviy addiktiv buzilishlari mavjud bemorlarda kompleks (farmako va psixoterapevtik) yondashuv depressiv buzilishlarni bartaraf etishda samaraliroq bo‘lib, reabilitatsiya jarayonining sifatli va barqaror kechishini ta’minlaydi.
Библиографические ссылки
Akramov S., Buronov J., Turayev B. Clinical forms, course and treatment methods of maniacal-depressive psychosis disease //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 176-185.
Andriichuk O. Y., Sakharuk L. Y., Andriichuk B. I. Issues of Depression and Comorbidity in Rehabilitation //Acta Balneologica. – 2022. – Т. 172. – №. 6.
Holdorovna I. M., Temirpulotovich T. B. Psychopathological features of long-term endogenous depressions //International Journal of Cognitive Neuroscience and Psychology. – 2024. – Т. 2. – №. 3. – С. 15-21.
Ibragim A. et al. Psychological rehabilitation of individuals with alcohol use disorder, drug addiction, gambling disorder, and codependency //Acta Psychologica. – 2025. – Т. 257. – С. 105052.
Shernazarov F., Sharapova D., Turayev B. Features of the development of manic and mixed episodes in patients with bipolar affective disorder who use cannabioids //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. D3. – С. 123-128.
Sultanov S. et al. Depression and post-traumatic stress disorder in patients with alcoholism after the covid-19 pandemic //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. D11. – С. 420-429.
Temirpulotovich T. B. Clinical Pictures of Cognitive Dysfunctions Observed in Alcoholism //Journal of Medical Genetics and Clinical Biology. – 2025. – Т. 2. – №. 3. – С. 42-50.
Rizaev , Zh., Shomurodov , K., & Agzamova , S. (2022). MEDICAL REHABILITATION OF PATIENTS WITH FRACTURES OF THE ZYKYMOGO-ORBITAL COMPLEX. Journal of Dentistry and Craniofacial Research, 1(2), 8–11. https://doi.org/10.26739.2181-0966-2020-2-1
Inogamov Sh. M., Sadikov A. A., Rizaev Zh. A. METHODS FOR PREVENTION OF DAMAGE TO THE DENTAL APPARATUS AMONG ATHLETES PLAYING CONTACT SPORTS / / Biology. – 2021. – No. 1. – P. 125.
Raimkulova D.F., Rizaev Zh.A., Sadikov A.A. Assessment of endothelial dysfunction and oxidative stress in athletes of various sports // Problems of biology and medicine. – 2020. – T. 5. – No. 122. – pp. 109-112.
Iroda Nodirovna Maxammatkulova (2021). TEACHING SPEAKING IN ENGLISH LESSONS IN ELEMENTARY SCHOOL: PROBLEMS AND SOLUTIONS. Academic research in educational sciences, 2 (7), 95-98. doi : 10.24412/2181-1385-2021-7-95-98 17.
Maxammatkulova Iroda Nodirovna Game as a method of teaching English in primary school// EDUCATION AND THE SCIENCE IN THE XXI CENTURY.- 2021.-№16.- p . 106-109
Maxammatqulova Iroda Nodirovna Сhet tilini o'qitishda yangi so'zlarning ahamiyati // Internauka.-2021.-No. 26(206).-P.95-102