QIZILOʼNGАCH АTREZIYASINING JАRROHLIKDАN KEYINGI АNАSTOMOZ CHАNDIQLI TORАYISHLАRINI ENDOSKOPIK BАLLONLI DILАTАTSIYASI
##article.subject##:
qiziloʼngach atreziyasi, anastomoz torayishi, endoskopik davolash##article.abstract##
Maqsad: Qiziloʼngach atreziyasi bilan operatsiya qilingan bemorlarda qiziloʼngachning operatsiyadan keyingi chandiыli stenozini davolash natijalarini tahlil qilish.
Materiallar va usullari. Respublika perinatal markazi qoshidagi Respublika neonatal xirurgiya oʼquv-davolash-metodik markazida 2022 yildan 2023 yilgacha qiziloʼngach atreziyasida ezofagoplastikadan keyin qiziloʼngachni chandiqli stenozi bilan 73 bemor davolandi. Shundan 45 nafari oʼgʼil bola (62%) va 28 nafari qiz bola (38%). Bemorlarning yoshi 1 oydan 11 oygacha.
Natijalar. Davolash natijasida qiziloʼngach atreziyasi uchun ezofagoplastikadan soʼng qiziloʼngach anastomozi strikturasi boʼlgan barcha bemorlarda anastomozning diametri 10-11 mm ga yetdi, bu chaqaloqlik davrida qiziloʼngachning meyoriy boʼshligʼiga toʼgʼri keladi. Birinchi mashgʼulotdan soʼng ovqatlanish hajmi 2-3 baravar oshdi va davolanish oxirida fiziologik ehtiyojga toʼgʼri keldi. Hozirgi vaqtda baʼzi bolalar ambulatoriya sharoitida yiliga 1-2 marta nazorat rentgenogrammasi bilan kuzatiladi. Qiziloʼngach stenozining qaytalanishi tufayli faqat bitta bemorga takroriy ezofagoplastika oʼtkazildi.
Xulosa. Аsoratlarni erta aniqlash va davolashni oʼz vaqtida boshlash uchun qiziloʼngach atreziyasi bilan tugʼilgan chaqaloqlarda ezofagoplastikadan soʼng darhol 1-oyda fibroezofagoskopiya qilish tavsiya yetiladi deb hisoblaymiz.
Библиографические ссылки
Baird R, Laberge JM, Lévesque D. Anastomotic stricture after esophageal atresia repair: a critical review of recent literature. European Journal of Pediatric Surgery. 2013;23(03):204–213 (in Russ).
Allin B, Knight M, Johnson P, Burge D; BAPS-CASS. Outcomes at one-year post anastomosis from a national cohort of infants with oesophageal atresia. PLoS One 2014;9(08):e106149 (in Russ).
Dingemann C, Dietrich J, Zeidler J, et al. Early complications after esophageal atresia repair: analysis of a German health insurance database covering a population of 8 million. Diseases of the esophagus. 2016; 29(07):780–786 (in Russ).
Landisch RM, Foster S, Gregg D, et al. Utilizing stricture indices to predict dilation of strictures after esophageal atresia repair. The Journal of surgical research. 2017;216:172–178 (in Russ).
Okata Y, Maeda K, Bitoh Y, et al. Evaluation of the intraoperative risk factors for esophageal anastomotic complications after primary repair of esophageal atresia with tracheoesophageal fistula. Pediatric surgery international. 2016;32(09):869–873(in Russ).
Okuyama H, Koga H, Ishimaru T, et al. Current practice and outcomes of thoracoscopic esophageal atresia and tracheoesophageal fistula repair: a multi-institutional analysis in Japan. Journal of Laparoendoscopic & Advanced Surgical Techniques. 2015;25(05):441–444 (in Russ).
Stenström P, Anderberg M, Börjesson A, Arnbjörnsson E. Dilations of anastomotic strictures over time after repair of esophageal atresia. Pediatric surgery international. 2017;33(02):191–195 (in Russ).
Hagander L, Muszynska C, Arnbjornsson E, Sandgren K. Prophylactic treatment with proton pump inhibitors in children operated on for oesophageal atresia. European Journal of Pediatric Surgery. 2012;22(02): 139–142(in Russ).
Stenström P, Anderberg M, Börjesson A, Arnbjörnsson E. Prolonged use of proton pump inhibitors as stricture prophylaxis in infants with reconstructed esophageal atresia. European Journal of Pediatric Surgery. 2017;27(02):192–195 (in Russ).
Sandgren K, Malmfors G. Balloon dilatation of oesophageal strictures in children. European Journal of Pediatric Surgery. 1998;8(01):9–11 (in Russ).
Donoso F, KassaAM, Gustafson E, Meurling S, Lilja HE. Outcome and management in infants with esophageal atresia - a single centre observational study. Journal of Pediatric Surgery. 2016;51(09):1421–1425 (in Russ).