II TIPDАGI QАNDLI DIАBETDА OʼPKАNING SURUNKАLI OBSTRUKTIV KАSАLLIGI RENTGENOLOGIK SEMIOTIKАSI

##article.authors##

  • TURDUMАTOV Jamshed Аnvarovich
  • SOBIROVA Nilufar

##article.subject##:

SO‘OK, 2-tip qandli diabet, rentgenologik tashxis, MSKT, mikroangiopatiya

##article.abstract##

Kirish: Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SO‘OK) va 2-tip qandli diabet birga kechganida patologik o‘zgarishlar kuchayib, bemor holati og‘irlashadi va hayot sifati pasayadi. Rentgenologik belgilarni erta bosqichda aniqlash samarali tashxis qo‘yishga yordam beradi.

Usullar: 2020–2023 yillarda 75 nafar bemor tekshirildi: I-guruh — SO‘OK + 2-tip diabet (40 bemor), II-guruh — SO‘OK (20), III-guruh — faqat diabet (15). Rentgen, MSKT va spirometrik tadqiqotlar o‘tkazildi.

Natijalar: SO‘OK va diabetli bemorlarda klinik simptomlar og‘irroq (nafas qisishi — 75%, bronxlar qalinlashuvi — 80%). MSKT nafas yo‘llari va o‘pka parenximasidagi o‘zgarishlarni aniqladi. Ko‘p hollarda mikroangiopatiya belgilariga — tomir kengayishi, “marjon”simon deformatsiya va peribronxial o‘zgarishlarga duch kelindi. Emfizema va bronxoektaziya ham aynan shu guruhda ko‘p uchradi.

Muhokama: SO‘OK va diabet birgaligi o‘pka to‘qimalarining strukturaviy va funksional o‘zgarishlariga olib keladi. MSKT yuqori sezuvchanlik (95%) va spetsifiklik (93,8%) ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, erta tashxis qo‘yishda tavsiya etiladi.

Библиографические ссылки

Muminov, Kadir Pulatovich . Optimization of diagnostics and prognosis of chronic obstructive pulmonary disease taking into account extrapulmonary disorders: diss . ... candidate of medical sciences. - Tashkent, 2019.

Russian Respiratory Society. Clinical guidelines. Chronic obstructive pulmonary disease. M., 2021. - 91 p.

Salieva Sh.B. , Yusupova Sh.K., Ergasheva Z.A. Carbohydrate metabolism in women in the climacteric period against the background of type 2 diabetes mellitus //Re- health journal – 2021. – No. 2 (10). – pp. 293-298 .

Turdumatov Zh. A. et al. Radiological features of the course of chronic obstructive pulmonary disease in combination with diabetes mellitus // Re- health journal – 2021. – No. 1 (9). – pp. 34-40 .

Turdumatov Zh., Mardieva G., Shukurova L. Features of the manifestation of chronic obstructive pulmonary disease in combination with diabetes mellitus // Journal of Biomedicine and Practice. - 2021. - V. 1. - No. 4. - P. 226-235 .;

Filippenko E. V. et al. The role of computed tomography in the diagnosis of COPD (literature review) // Bulletin of the Kazakh National Medical University. - 2018. - No. 1. - P. 22-26 .;

Загрузки

##submissions.published##

2025-07-02