KO'SHIMCHA DIAGNOSTIK KO'RSATKICHLAR ORQALI SON CHANOQ BO'G'IMI DISPLAZIYASINI ANIQLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH: SQK VA TNKNING GRAF USULI BILAN SOLISHTIRISHI

##article.authors##

  • SHIROV Bobur Furkatovich
  • MARDIEVA Gulshod Mamatmuradovna

##article.abstract##

Tadqiqotning maqsadi. Suyak qoplama koeffitsiyenti (SQK) va tomonlar nisbati koeffitsiyenti (TNK) ning diagnostik samaradorligini Graf usuli bilan solishtirish.

Materiallar va usullar: 120 nafar son chanoq bo‘g‘imi displaziyasi tashxisi qo‘yilgan va 30 nafar sog‘lom bola nazorat guruhi sifatida tekshirildi. Ultratovush tekshiruvi R. Graf usuli asosida "Toshiba XARIO-200" (Yaponiya) apparatida 5-7 MGts chastotali chiziqli sensor yordamida o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari. Tadqiqot davomida aniqlangan asosiy xavf omillari quyidagilar bo‘ldi: 35% bolalarda tos yoki oyoq oldi kelishi, 44% hollarda ayol jinsi va 21% hollarda bolani juda qattiq o‘rash. Ushbu ko‘rsatkichlar xavf omillarining yuqori tarqalganligini tasdiqlaydi va ularni diagnostik jarayonda inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, suyak qoplama koeffitsiyenti (SQK) yuqori diagnostik qiymatga ega bo‘lib, uning ROC AUC qiymati 0.94 ga teng bo‘ldi. Bu esa usulning normativ va patologik holatlarni farqlash qobiliyatining yuqori ekanligini ko‘rsatadi. SQK sezgirligi 88.9% ni tashkil etdi, bu esa usulning displaziyani aniqlashda yuqori samaradorlikka egaligini ko‘rsatadi. Spetsifiklik darajasi esa 97.4% bo‘lib, bu noto‘g‘ri ijobiy natijalarning juda past ekanligini bildiradi.

Tomonlar nisbati koeffitsiyenti (TNK) esa nisbatan pastroq ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Uning ROC AUC qiymati 0.72 ga teng bo‘lib, sezgirlik 80.7%, spesifiklik esa 54.4% ni tashkil etdi. Bu esa TNK ning SQK ga qaraganda kamroq aniq diagnostik mezon ekanligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, o'tkazilgan korrelyatsiya tahlili SQK va α burchagi o'rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlikni ko‘rsatdi (r = 0.798, p < 0.001). Bu esa SQK ning ishonchli diagnostik parametr ekanligini tasdiqlaydi.

Xulosa. Son chanoq bo‘g‘imlarining sifat va miqdoriy parametrlarini ultratovush orqali baholash displaziyaning turli bosqichlarini farqlash imkonini beradi. SQK yuqori diagnostik qiymatga ega bo‘lib, α burchagi bilan kuchli bog‘liqlikni namoyon qiladi. Diagnostika aniqligini oshirish uchun SQK ni standart diagnostik algoritmlarga kiritish maqsadga muvofiqdir.

Библиографические ссылки

Angsanuntsukh C., Patathong T., Klaewkasikum K., et al. Factors for selective ultrasound screening in newborns with developmental dysplasia of the hip (DDH) // Frontiers in Surgery. 2022. Т. 9. С. 1038066. DOI: 10.3389/fsurg.2022.1038066.

Bakarman K., Alsiddiky A. M., Zamzam M., et al. Developmental Dysplasia of the Hip (DDH): Etiology, Diagnosis, and Management // Cureus. 2023. Т. 15, № 8. С. e43207. DOI: 10.7759/cureus.43207.

Candussi I. L., Ene D., Bușilă C., et al. The Influence of Risk Factors in the Early Detection of Developmental Dysplasia of the Hip in a Country with Limited Material Resources // Healthcare (Basel, Switzerland). 2023. Т. 11, № 17. С. 2416. DOI: 10.3390/healthcare11172416.

Chaibi E., Saugy C. A., Samara E., et al. Comparison of Treatment Outcomes of Stable and Unstable Developmental Dysplasia of the Hip with the Tübingen Splint // Frontiers in Pediatrics. 2022. Т. 10. С. 976367. DOI: 10.3389/fped.2022.976367.

Chen X., Zhang S., Shi W., et al. A Deep Learning Model Adjusting for Infant Gender, Age, Height, and Weight to Determine Whether the Individual Infant Suit Ultrasound Examination of Developmental Dysplasia of the Hip (DDH) // Frontiers in Pediatrics. 2023. Т. 11. С. 1293320. DOI: 10.3389/fped.2023.1293320.

de Courtivron B., Brulefert K., Portet A., et al. Residual Acetabular Dysplasia in Congenital Hip Dysplasia // Orthopaedics & Traumatology, Surgery & Research: OTSR. 2022. Т. 108, № 1S. С. 103172. DOI: 10.1016/j.otsr.2021.103172.

Dhaliwal A. S., Akhtar M., Razick D. I., et al. Current Surgical Techniques in the Treatment of Adult Developmental Dysplasia of the Hip // Journal of Personalized Medicine. 2023. Т. 13, № 6. С. 942. DOI: 10.3390/jpm13060942.

Fan Z. Z., Yan Y. B., Sha J., et al. Risk factors for misdiagnosis in children with developmental dysplasia of the hip: a retrospective single centre study // BMJ Paediatrics Open. 2023. Т. 7, № 1. С. e001909. DOI: 10.1136/bmjpo-2023-001909.

Fludder C. J., Keil B. G., Neave M. J. Case report: Morphological changes evident after manual therapy in two cases of late-diagnosed developmental dysplasia of the hip // Frontiers in Pediatrics. 2023. Т. 10. С. 1045812. DOI: 10.3389/fped.2022.1045812.

Lankinen V., Helminen M., Bakti K., et al. Known risk factors of the developmental dysplasia of the hip predicting more severe clinical presentation and failure of Pavlik harness treatment // BMC Pediatrics. 2023. Т. 23, № 1. С. 148. DOI: 10.1186/s12887-023-03935-0.

Poacher A. T., Hathaway I., Crook D. L., et al. The impact of the introduction of selective screening in the UK on the epidemiology, presentation, and treatment outcomes of developmental dysplasia of the hip // Bone & Joint Open. 2023. Т. 4, № 8. С. 635–642. DOI: 10.1302/2633-1462.48.BJO-2022-0158.R1.

Tao Z., Wang J., Li Y., et al. Prevalence of developmental dysplasia of the hip (DDH) in infants: a systematic review and meta-analysis // BMJ Paediatrics Open. 2023. Т. 7, № 1. С. e002080. DOI: 10.1136/bmjpo-2023-002080.

Загрузки

##submissions.published##

2025-06-30