MIYA O‘SMALARINING MR-SPEKTROSKOPIYASI VA METABOLIK O‘ZGARISHLARNING GISTOLOGIK XUSUSIYATLAR BILAN KORRELYASIYASI
##article.subject##:
magnit-rezonans spektroskopiya, miya o‘smalari, metabolitlar, анаплазия, glioblastoma, metastazlar##article.abstract##
Kirish: Bosh miyaning o‘smalari neyroonkologiyada eng murakkab tashxislardan biri hisoblanadi. Oddiy MRT yordamida o‘smalarning malignlik darajasini aniqlash har doim ham imkoni bo‘lavermaydi. Shu sababli, metabolik profilingni baholashda MR-spektroskopiyaning (MRS) ahamiyati ortib bormoqda.
Usullar: 48 nafar bemor ishtirokida protonli MRS (¹H-MRS) o‘tkazildi. Ular orasida gliomalar (n=33), meningiomalar (n=10) va metastazlar (n=5) mavjud edi. Asosiy metabolitlar (Cho, Cr, NAA, Lac, Lip) tahlil qilinib, ularning histologik darajasi bilan bog‘liqligi baholandi. Tahlil statistik va korrelyatsion usullar bilan amalga oshirildi.
Natijalar: Cho, Lac va Lip ko‘rsatkichlarining oshishi, NAA darajasining pasayishi o‘sma malignlik darajasi bilan kuchli bog‘liqlikda ekanligi aniqlandi (p<0,001). Ayniqsa, Cho/Cr va Lip/Cr indekslari eng muhim markerlar sifatida ajralib turdi. NAA/Cr darajasi glioblastoma va metastazlarni farqlashda foydali bo‘ldi (p=0.04). MRS usuli o‘sma metabolizmini baholashda yuqori diagnostik imkoniyatlarga ega ekanligi tasdiqlandi.
Muhokama: MRS usuli yordamida o‘smaning malignlik darajasini invaziv bo‘lmagan usulda aniqlash, radsiyatsion nekrozdan rецидивni farqlash, davolash samaradorligini monitoring qilish mumkin. Bu usul biopsiyani almashtirishi va neyroonkologiyada tashxisni soddalashtirishi mumkin.
Библиографические ссылки
Sidorina A.S., Sheriev S.R., Maslov N.E., et al. Magnetic resonance imaging in the diagnosis of glial brain tumors in light of the new classification of CNS tumors. Russian Journal of Personalized Medicine. 2023; 3 (6): 50-60 (in Russ).
Tyurina A.N., Pronin I.N., Fadeeva L.M., et al. Proton 3D MR spectroscopy in the diagnosis of glial brain tumors. Journal of Medical Visualization. 2019; 23 (3): 8-18 (in Russ).
Cha S., Lupo J.M., Chen M.H. et all. Differentiation of Glioblastomas and Metastatic Brain Tumors: Weighting of Metabolic and Physiologic Parameters with High-Field MR Imaging and MR Spectroscopic Imaging. Radiology. 2018.
Law M., Yang S., Wang H. et all. Gliomas: Classification, Prognosis, and Response to Therapy. American Journal of Neuroradiology. 2019.
Louis D.N., Perry A, Wesseling P. et all. The 2021 WHO Classification of Tumors of the Central Nervous System: a summary. Neuro-Oncology.2021: 1231-1251.
Ostrom Q.T., Cioffi G., Waite K. et all. Statistical Report: Primary Brain and Other Central Nervous System Tumors Diagnosed in the United States in 2014–2018. Neuro-Oncology. 2021: 1-105.
Rock J.P., Scarpace L., Hearshen D. et all. Correlation between Magnetic Resonance Spectroscopy and Image-Guided Biopsies: Semiquantitative and Qualitative Assessment of Intratumoral Regions. Journal of Neurosurgery. 2020: 50-60.