“DEVONI LUG‘ATI-T –TURK”DA QO‘SHIQ JANRI
##article.subject##:
qo’shiq, kompozitsiya, mehnat qo’shiqlari, ov qo’shiqlari, metafora, mubolag’a, zanjirli sath, alliteratsiya, parallelizm##article.abstract##
Ushbu maqolada “Devonu lug’oti-t-turk” asarida jamlangan turkiy xalqlarning og’zaki ijod namunalari bo’lgan qadimiy qo’shiqlarning yaratilishi, janr xususiyatlari, mavzu doirasiga ko’ra tasnif va badiiy tahlil qilish maqsad qilingan.
Mahmud Qoshg’ariy “Devonu lug’oti-t-turk” asari bilan ilk bor turkiy tilshunoslikka asos soldi. Asar turkiy xalqlar tarixidagi mukammal, qomusiy lug’at bo’lib, ko’plab fan va fan tarmoqlari uchun qimmatli manbalarni o’zida jamlagan. Qoshg’ariy ko’p yillar davomida turkiy xalqlarni kezib chiqib, og’zaki ijod namunalarini yozib oldi. Devonda jamlangan adabiy yodnomalar ichida xalq qo’shiqlarining ham bir qancha turlari mavjud. Qo’shiqlarning barchasi to’rtlik shaklida bo’lib, devonda lug’atlarni izohlash maqsadida misol tariqasida berib borilgan. Bugungacha tadqiqotchilar parchalarga qadimiy qo’shiqlar sifatida ham, saroy adabiyotiga tegishli shoirlar badiiy ijodi namunasi sifatida ham turlicha fikr bildirganlar. Ularni umumiy nom ostida qadimiy qo’shiqlar deb nomlaganlar va janrning ichki turlari nuqtayi nazarida to’liq tasnif va tahlil qilinmagan.
Devonda jamlangan parchalarning aksariyati asosan mustaqil to’rtliklardan iborat bo’lib, kompozitsiyasi, qofiyalanishi, mazmun va shakl xususiyatlari jihatdan tahlil qilinganda qo’shiqning barcha turlari talablariga mos keladi. Devonda xalq qo’shiqlarining quyidagi turlari uchraydi:
- Mehnat qo‘shiqlari: a) ov qo‘shiqlar b) chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar c) dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;
- Mavsumiy qo‘shiqlari – bahor va yoz mavsumiy qo‘shiqlar;
- Qahramonlik qo‘shiqlari : a) tarixiy jangnomalar b) qahramonlarning o‘limi bilan bog‘liq yig‘i-yo‘qlovlar;
- Pandnoma ruhidagi qo‘shiqlar;
- Lirik qo‘shiqlar.
Maqolada yuqoridagi tasnif bo’yicha qo’shiqlardan namunalar tahlil qilindi, o’ziga xos xususiyatlari yoritildi, izohlar bilan to’ldirildi.
Библиографические ссылки
Mаҳмуд Қошғарий. Девону луғати-т- турк –T.: Ғафур Ғулом. Нашрга тайёрловчи Содиқов.Қ. 2007. –Б.219.
Носиров Раҳматулло. Халқ қўшиқлари композицияси. Т.: 2005. –Б.51.
Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари. Т.: MUMTOZ SO‘Z, 2008. –Б.62.
Mаҳмуд Қошғарий. Девону луғати-т- турк –T.: Ғафур Ғулом. Нашрга тайёрловчи Содиқов.Қ. 2007. –Б.50.
Mаҳмуд Қошғарий. Девону луғати-т- турк –T.: Ғафур Ғулом. Нашрга тайёрловчи Содиқов.Қ. 2007. –Б.57.
Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари. Т.: MUMTOZ SO‘Z, 2008. –Б.62.
Mаҳмуд Қошғарий. Девону луғати-т- турк –T.: Ғафур Ғулом. Нашрга тайёрловчи Содиқов.Қ. 2007. –Б. 368.
Имомов.К, Мирзаев.Т, Саримсоқов.Б, Сафаров.O. Ўзбек халқ оғзаки поетик ижоди. Т.: Ўқитувчи. 1990. –Б.142.
Abdurahmonov.A. Turkiy xalqlar og’zaki ijodi (Eng qadimdan islomgacha bo’lgan davr). Samarqand. 2006. –B.323.
Masharipova.Z. O’zbek xalq og’zaki ijodi. O’quv qo’llanma. –T: 2007. –B.16
Rahmonov. N. O’zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi yarmigacha). O’quv qo’llanma.-T.: “Sano-standart” nashriyoti..2017. –B .187.
Safarov.O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. –T. :”Musiqa” nashriyoti. 2010. –B.83.
Болтабоев.Ҳ. “Девону луғоти-т-турк”нинг янги нашрини тайёрлаш принциплари // “Девону луғоти-т-турк” – туркий халқларнинг ноёб ёзма ёдгорлиги” мавзуидаги халқаро илмий анжуман материаллари.:Т. 2018. –Б .11.
1 Имомов.К, Мирзаев.Т, Саримсоқов.Б, Сафаров.O. Ўзбек халқ оғзаки поетик ижоди. Т.: Ўқитувчи. 1990. –Б.166.
Носиров Раҳматулло. Халқ қўшиқлари композицияси. Т.: 2005. –Б.36.
Содиқов.Қ “Девону луғоти-т-турк”да кечган yelkin~elkin сўзи ва унинг шеърий узинтилардаги семантикаси. принциплари // “Девону луғоти-т-турк” – туркий халқларнинг ноёб ёзма ёдгорлиги” мавзуидаги халқаро илмий анжуман материаллари.:Т. 2018. –Б.53.
Тўхлиев. Б. Қадимиятнинг мангу садолари. “Девону луғоти-т-турк”нинг янги нашрини тайёрлаш принциплари // “Девону луғоти-т-турк” – туркий халқларнинг ноёб ёзма ёдгорлиги” мавзуидаги халқаро илмий анжуман материаллари.:Т. 2018. –Б 24.
Фитрат. Энг эски турк адабиёти намуналари. Т.: MUMTOZ SO‘Z, 2008. –Б. 96.