HOFIZ O‘BAHIYNING “TUHFAT UL-AHBOB” LUG‘ATIDA LUG‘AVIY BIRLIKLARNING IZOHLANISHI
##article.subject##:
Hofiz O‘bahiy, “Tuhfat ul-ahbob”, sinonim, so‘zlik, bosh so‘z, lug‘at, sinonimik qator, keksikografiya##article.abstract##
Mazkur maqolada Hofiz O‘bahiyning “Tuhfat ul-ahbob” lug‘atidagi lug‘aviy birliklarning sharhlanish usullari, xususan, sinonimlar yordamida izohlash tamoyillari tahlil etilgan. Asarda so‘zlarning semantik izohlari gap, so‘z birikmasi va matn shaklida berilishi bilan birga, sinonimik qatordagi birliklar vositasida ham tushuntirilgani aniqlanadi. Muallif Hofiz O‘bahiy murakkab va kamyob so‘zlarning ma’nosini sodda, ammo aniqlik keltiruvchi usullar bilan bayon etishga intilgan. Qolaversa, maqolada sinonimlarning leksikografik ahamiyati, ularning uslubiy, semantik va qo‘llanish darajasiga ko‘ra farqlanishi tahlil qilingan. “Tuhfat ul-ahbob” nafaqat tarjimon va tilshunoslar uchun, balki tarixiy leksikani o‘rganayotgan tadqiqotchilar, badiiyat shaydolari uchun ham muhim manba sifatida qadrlanadi. Sinonimik izohlar orqali ma’no jilolarining ochib berilishi mazkur asarning leksikografik o‘rganishlardagi tutgan o‘rnini yanada kuchaytiradi.