SARS-COV-2 INFEKTSIYASI FONIDA FETOPLATSENTAR YETISHMOVCHILIGI BO‘LGAN AYOLLARNI DAVOLASH NATIJALARI

##article.authors##

  • Allayarov Bakhodir Qurambaevich

##article.subject##:

homiladorlik, COVID-19, fetoplatsentar yetishmovchilik, klinik kechishi, tashxislash, perinatal natijalar

##article.abstract##

Tadqiqotning maqsadi: SARS-CoV-2 infektsiyasi bo‘lgan homilador ayollarda perinatal natijalarda fetoplatsentar yetishmovchilikning (FPE) axamiyatini aniqlash. Material va usullar. Tadqiqotga Zangiota-1 RMSh ga yotqizilgan 160 nafar homilador bemor kiritilgan. Fetoplatsentar qon oqimini baholash homilaning dopplerometriyasi yordamida amalga oshirildi. FPE diagnostikasi uchun A.N. Strijakovning tasnifi ishlatilgan. Tadqiqot davrida ishlab chiqilgan protokollarning samaradorligini qiyosiy tahlil qilish uchun COVID-19 fonida FPE rivojlangan homilador ayollar ikkita tadqiqot guruhiga bo‘lingan. Natijalar. SARS-CoV-2 bilan kasallangan homiladorlarda FPE rivojlanishining asosiy xavf omillari: gestoz (70,0%); homilaning erta tug‘ilish xavfi (36,25%); og‘ir akusherlik va ginekologik anamnez (40,0%). Jami, 19,4% hollarda 1-a va 1-B FPE darajasi aniqlangan, qolgan 80,6% 2 va 3 FPE darajalari aniqlangan. Kesar kesish amaliyoti umumiy 77,5% hollarda, shu jumladan og‘ir va o‘ta og‘ir COVID-19 kechishida 100% va o‘rta og‘ir COVID-19 kechishida – 61,7% xolatda (r<0,001) qullanilgan. Onalar uchun 95,6% va chaqaloqlar uchun 92,5% xollarda ijobiy natijalarga erishildi. Kesar kesish amaliyotining qullanishi 85,0% dan 70,0% gacha (r=0,023) qisqartirildi, jami onalar o‘limi 7,5% dan 1,25% gacha (r=0,043), perinatal o‘lim 12,5% dan 2,5% gacha (r=0,013) kamaytirildi. Bemorni o‘rtacha davolanish vaqti 26,4±3,4 kundan 18,1±2,2 kungacha (p=0.042) kamaytirildi. Xulosa. SARS-CoV-2 bilan kasallangan xomiladorlarda FPE erta aniqlanishi xomiladorlik asoratlarini kamaytirishda va umumiy davolash natijalarini yaxshilashda muxim axamiyat kasb etadi.

Библиографические ссылки

Айламазян Э. К., Кулаков В. И., Радзинский В. Е., Савельева Г. М. (под ред.) Акушерство : национальное руководство / под ред. — М. : ГЭОТАР-Медиа, 2014. ISBN 978-5-9704-2794-1.

ВОЗ. Community based health care including outreach and campaigns in the context of the COVID-19 pandemic: interim guidance, May 2020. WHO IFRC UNICEF. Geneva: World Health Organization; 2020; ВОЗ. Клиническое ведение случаев COVID-19: вариативные рекомендации 25 января 2021 г.

Diriba K, Awulachew E, Getu E. The effect of coronavirus infection (SARS-CoV-2, MERS-CoV, and SARS-CoV) during pregnancy and the possibility of vertical maternal-fetal transmission: a systematic review and meta-analysis. Eur J Med Res. 2020;25(1):39.

Juan J, Gil MM, Rong Z, Zhang Y, Yang H, Poon LC. Effect of coronavirus disease 2019 (COVID-19) on maternal, perinatal and neonatal outcome: systematic review. Ultrasound Obstet Gynecol. 2020;56(1):15-27.

Di Mascio D, Khalil A, Saccone G, et al. Outcome of coronavirus spectrum infections (SARS, MERS, COVID-19) during pregnancy: a systematic review and meta-analysis. Am J Obstet Gynecol MFM. 2020 May;2(2):100107.

Juan J, Gil MM, Rong Z, Zhang Y, Yang H, Poon LC. Effect of coronavirus disease 2019 (COVID-19) on maternal, perinatal and neonatal outcome: systematic review. Ultrasound Obstet Gynecol. 2020 Jul;56(1):15-27.

Diriba K, Awulachew E, Getu E. The effect of coronavirus infection (SARS-CoV-2, MERS-CoV, and SARS-CoV) during pregnancy and the possibility of vertical maternal-fetal transmission. Eur J Med Res. 2020;25(1):39

Turan O. Clinical characteristics, prognostic factors, and maternal and neonatal outcomes of SARS-CoV-2 infection among hospitalized pregnant women: A systematic review // Int J Gynecol Obstet. 2020; 151 (1).

Galang R.R., Chang K., Strid P., et al. Severe coronavirus infections in pregnancy: a systematic review // Obstet Gynecol. 2020; 136 (2): 262-272.

Щёголев А.И., Туманова У.Н., Серов В.Н. Поражения плаценты у беременных с SARS-CoV-2-инфекцией. Акушерство и Гинекология 2020 № 12; DOI 10.18565/aig.2020.12.44-52

Rebutini P.Z., Zanchettin A.C., Stonoga E.T.S., Prá D.M.M. et al. Association between COVID-19 Pregnant Women Symptoms Severity and Placental Morphologic Features

Загрузки

##submissions.published##

2023-09-21