HAYZ BILAN BOG‘LIQ TEMIR TANQISLIK ANEMIYASIDA PLASENTA-HOMILA TIZIMIDAGI I BUZILISLARHINING PATOMORFOLOGIK MEZONLARI

##article.authors##

  • Zebiniso Azizovna Nasirova

##article.subject##:

anemiya, temir tanqisligi anemiyasi, homiladorlik, ko‘p miqdordagi hayz ko‘rish, anormal bachadon qon ketishlari, FIGO, plasentar yetishmovchilik, temir tanqisligi, ona va homila salomatligi

##article.abstract##

Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) reproduktiv yoshdagi ayollarda, ayniqsa homiladorlarning 40% dan ko‘prog‘ida uchraydigan kasallik bo‘lib, bugungi kunda global tibbiy muammo hisoblanadi. Temir nafaqat gemopoez jarayonida, balki hujayra nafas olishi, ferment tizimlari faoliyati, angiogenez va homila asab to‘qimasining mielinizatsiya jarayonlarida ham muhim ahamiyatga ega. Homiladorlik davrida temirga ehtiyoj sezilarli darajada ortib, bu esa temir tanqisligi holatlari rivojlanishi, plasentar yetishmovchilik va homiladorlik asoratlari kelib chiqishi xavfini oshiradi. Ayniqsa, ko‘p miqdorda hayz ko‘rish bilan bog‘liq surunkali temir tanqisligi anemiyasi mavjud ayollarda "ona–yo‘ldosh–homila" tizimidagi patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Biz o‘tkazgan tadqiqotda kindirik tomirlarining strukturasidagi ifodalangan patologik o‘zgarishlar aniqlandi: ishemiya, skleroz va endoteliy arxitektonikasining buzilishlari kuzatilib, bu o‘zgarishlar yorug‘lik va elektron mikroskopiya orqali tasdiqlandi. Tomirlarning endotelial hujayralarida alterativ o‘zgarishlar, normal mikrorelyefning yo‘qolishi va destruktiv jarayonlar qayd etilib, ular moddalar almashinuvi va tomir perfuziyasining jiddiy buzilishlaridan dalolat beradi.

Aniqlangan morfologik o‘zgarishlar fetoplatsentar tizimning funksional holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, fetoplatsentar yetishmovchilik, homilaning bachadon ichida o‘sishdan orqada qolishi va boshqa perinatal asoratlar xavfini oshiradi. Bu o‘zgarishlarning aniqlanishi prognostik ahamiyat kasb etadi va reproduktiv yoshdagi ayollarda temir tanqisligi holatlarini o‘z vaqtida tashxislash va korreksiya qilish zaruratini ta’kidlaydi.

Библиографические ссылки

Аномальные маточные кровотечения. Клинические рекомендации Российского общества акушеров-гинекологов (РОАГ). 2021

Виноградова М. А. Анемия у женщин репродуктивного возраста: диагностика и коррекция железодефицита //Акушерство и гинекология. – 2019. – №. 6. – С. 140-145.

Всемирная организация здравоохранения. The Global Prevalence of Anaemia in 2011. Женева: World Health Organization, 2015.

Чернуха Г. Е. Обильные менструальные кровотечения и анемия: проблема нарастает и требует решения //Гинекология. – 2024. – Т. 26. – №. 3. – С. 260-269.

Ших, Е.В., Бриль, Ю.А. Железодефицит: катастрофа для нейрогенеза // StatusPraesens. – 2018. – №5. – С. 82–88.

Chaparro C. M., Suchdev P. S. Anemia epidemiology, pathophysiology, and etiology in low‐and middle‐income countries //Annals of the New York Academy of Sciences. – 2019. – Т. 1450. – №. 1. – С. 15-31.

Georgieff, M.K. The importance of iron deficiency in pregnancy on fetal, neonatal, and infant neurodevelopmental outcomes // International Journal of Gynecology and Obstetrics. – 2023. – Vol. 162, Suppl. 2. – P. 83–88. – DOI: 10.1002/ijgo.14951.

International Federation of Gynecology and Obstetrics. FIGO Statement: Iron deficiency and anaemia in women and girls. 2023. Available at: www.figo.org/resources/figo-statements/iron-deficiency-and-anaemiawomen-and-girls. Accessed: 01.07.2024

Janbek, J., Sarki, M., Specht, I.O., Heitmann, B.L. A systematic literature review of the relation between iron status/anemia in pregnancy and offspring neurodevelopment // European Journal of Clinical Nutrition. – 2019. – Vol. 73, No. 12. – P. 1561–1578.

Munro M. G. et al. The two FIGO systems for normal and abnormal uterine bleeding symptoms and classification of causes of abnormal uterine bleeding in the reproductive years: 2018 revisions //International Journal of Gynecology & Obstetrics. – 2018. – Т. 143. – №. 3. – С. 393-408.

Munro, M.G., Mast, A.E., Powers, J.M. et al. The relationship between heavy menstrual bleeding, iron deficiency, and iron deficiency anemia // American Journal of Obstetrics and Gynecology. – 2023. – Vol. 229, No. 1. – P. 1–9.

Moos, T., Skjørringe, T., Thomsen, L.L. Iron deficiency and iron treatment in the fetal developing brain – a pilot study introducing an experimental rat model // Reproductive Health. – 2018. – Vol. 15, Suppl. 1. – P. 93.

Williams A. M. et al. Data needed to respond appropriately to anemia when it is a public health problem //Annals of the New York Academy of Sciences. – 2019. – Т. 1450. – №. 1. – С. 268-280.

Wiegersma, A.M., Dalman, C., Lee, B.K. et al. Association of prenatal maternal anemia with neurodevelopmental disorders // JAMA Psychiatry. – 2019. – Vol. 76, No. 12. – P. 1294–1304. – DOI: 10.1001/jamapsychiatry.2019.2309.

Загрузки

##submissions.published##

2026-05-25