EKOLOGIK OMILLARNING O‘SMIR QIZLAR JINSIY YETILISHI VA MENSTRUAL FUNKSIYASIGA TA’SIRI
##article.subject##:
reproduktiv salomatlik, ekologik omillar, hayz sikli, o‘smirlik davri, zararli faktorlar.##article.abstract##
So‘nggi yillarda inson salomatligiga ekologik omillarning ta’siri masalasi tibbiyot va biologiya fanlarining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Atmosfera, suv va tuproq tarkibining ifloslanishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsizligi hamda sanoat chiqindilarining ko‘payishi inson organizmida, ayniqsa yosh avlod sog‘lig‘ida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi o‘smir qizlarda endokrin tizim faoliyatining buzilishi, hayz siklining kechikishi yoki beqarorligi, shuningdek, reproduktiv organlarning funksional yetishmovchiligi holatlari tobora ko‘paymoqda [1,5].
O‘smirlik davri — organizmning jadal rivojlanish, gormonal o‘zgarishlar va reproduktiv tizim shakllanish davridir. Shu bois bu yoshda tashqi omillarning, xususan, ekologik va ijtimoiy stress faktorlarining salbiy ta’siri jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan ekologik jihatdan noqulay va qulay hududlarda yashovchi o‘smir qizlarning reproduktiv tizimi holatini taqqoslab o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega [3,8].
Mazkur tadqiqotning maqsadi — ekologik sharoitlarning reproduktiv tizimga ta’sirini aniqlash, o‘smir qizlarda gormonal va funksional o‘zgarishlarni baholash hamda profilaktika chora-tadbirlarini taklif etishdan iboratdir. Ekologik va ishlab chiqarish omillarining salbiy ta’siri ostida yashovchi ayollar, ayniqsa o‘smir qizlarning reproduktiv salomatligini saqlash zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi qizlar va o‘smirlar orasida ginekologik kasalliklarning ko‘payishi, bemorlarning yoshi esa kichrayib borayotgani kuzatilmoqda. Ayniqsa, hayz ko‘rish siklining buzilishi va neyroendokrin sindromlarning ortishi bunga sabab bo‘lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilga kelib qizlarda hayz siklining buzilishi 31,5% ga, o‘smirlar orasida esa 56,4% ga oshgan [2,4,6]. Ayolning reproduktiv salomatligi ko‘plab omillarga — irsiy, ekologik, ijtimoiy, kasbiy va turmush tarziga bog‘liq. Ushbu ilmiy maqolada ekologik jihatdan noqulay va qulay hududlarda yashovchi o‘smir qizlarning reproduktiv tizimi xususiyatlari tahlil qilinadi hamda ularni solishtirma o‘rganish natijalari keltiriladi [7].
Библиографические ссылки
Карчевская А. О. и др. Гигиеническая оценка факторов риска, влияющих на репродуктивное здоровье девочек-подростков //Медицина и организация здравоохранения. – 2025. – Т. 10. – №. 2. – С. 100-109.
Самойлова А. В. и др. Региональные эколого-геохимические характеристики территории проживания как причинные факторы нарушений репродуктивного здоровья девушек-подростков //Ульяновский медико-биологический журнал. – 2016. – №. 4. – С. 62-69.
Беляева А. В. и др. Особенности формирования репродуктивного потенциала девочек-подростков в крупном промышленном городе //Вестник Волгоградского государственного медицинского университета. – 2021. – №. 1 (77). – С. 61-65.
Шубина О. А. и др. Морфофункциональные особенности развития сельских подростков в условиях воздействия природного радонового фактора. – 2008.
Губанова Е. А. Сравнительная эколого-физиологическая характеристика репродуктивного здоровья девочек-подростков городского и сельского населения Чувашской республики //дисс.... канд. мед. наук. – 2009. – Т. 3. – С. 13.
Нурхасимова Р. Г., Ибраева Д. Е., Аязбеков А. К. Состояние соматического и репродуктивного здоровья девочек и девочек-подростков, проживающих в экологически неблагоприятном регионе //Журн. Медицина. – 2017. – №. 12. – С. 74.
Бахтиярова А. Ш. и др. Особенности физического и полового развития девочек и девочек-подростков, проживающих в экологически неблагоприятном регионе //Репродуктивное здоровье детей и подростков. – 2016. – №. 2 (67). – С. 47-48.
Андреева М. В. Экологические факторы формирования репродуктивного здоровья женщин Волгоградского региона //Журнал акушерства и женских болезней. – 2005. – Т. 54. – №. 1. – С. 78-86.