O‘SMIRLARDA COXA VARA PATOLOGIYASINI DAVOLASHDA BAJARILADIGAN KOREKSIYALOVCHI OSTEOTOMIYA OPERATSIYASI
##article.subject##:
bo‘yin diafiz burchagi, coxa vara, varus deformatsiyasi, kichik ko‘st ostidan osteotomiya, Г- shaklidagi plastinka##article.abstract##
Chanoq-son bo‘g‘imi kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash ortopediyaning an’anaviy va eng dolzarb muammolaridan biridir. Korrektsiyalovchi osteotomiya yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan va nisbatan kam hajmli jarrohlik amaliyoti hisoblanib shifokorlarning ortopedik faoliyatida kengroq qo‘llash tavsiya etiladi. Ushbu maqolada tug‘ma etiologiyali coxa vara bilan og‘rigan o‘smirlarni operativ davolash usuli hamda davolash natijalari keltirilgan. Barcha bemorlarga RITOIATM klinikasi usuli bo‘yicha kichik ko‘st ostidan klinsimon osteotomiya operatsiyasi bajarilgan. Operatsiya qilingan bemorlar soni 31 nafar bo‘lib, ularning barchasida bir tomonlama patologiya kuzatilgan. Bemorlarning yoshi 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan. Shulardan 19 nafari (61 %) qizlar, 12 nafari (38 %) o‘g‘il bolalardir. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 15 yoshni tashkil etdi. Kuzatuv davomida rentgenologik va klinik jihatdan qoniqarli natijalarga erishildi, kasallikning qaytalanish belgilari aniqlanmadi.
Библиографические ссылки
Баиндурашвили А.Г., Басков В.Е., Филипова А.В, Бортулев П.И., Барсуков Д.Б., Поздникин И.Ю., Волошин С.Ю., Баскаева Т. В., Познович М.С. Планирование корригирующей остеотомии бедренной кости с использованием 3 D-моделирования // Ортопедия, травматология и восстановительная хирургия детского возраста. Том 4. Выпуск 3. 2016.
Басков В.Е. Ортопедохирургическое лечение детей с диспластическим маргинальным вывихом бедра: Дисс,..канд.мед.наук.-СПб., 2009.
Джураев, А. М., Халимов Р. Д. (2012). Наш опыт хирургического лечения болезни Пертеса у детей. Врач-аспирант, 50 (1.3), 377-383.
Мирзоева И.И., Гончарова М.Н., Тихоненко Е.С. Оперативное лечение врожденного вывиха бедра у детей.-Л.: Медицина, 1976.
Соколовский А.М., Соколовский О.А., Гольдман Р.К., Деменцов А.Б., Планирование операций на проксимальном отделе бедренной кости // Журнал медицинские новости. – 2005.-№10.-С.26-29.
Hefny H, Elmoatasem EM, Nassar W. Valgus osteotomy by external fixation for treatment for developmental coxa vara. Strategies Trauma Limb Reconstr. 2013 Nov;8(3):161-7. doi: 10.1007/s11751-013-0178-3. Epub 2013 Oct 1. PMID: 24081626; PMCID: PMC3800519.
Herring JA. Tacchdijian’s Paediatric Orthopedics. 3rd ed. USA: W.B. Saunders Company; 2002.
El-Sobky T. Subtrochanteric valgus osteotomy in developmental coxa vara. Indian J Orthop. 2011 Jul;45(4):320-3. doi: 10.4103/0019-5413.82335. PMID: 21772624; PMCID: PMC3134016.
Pauwels F. Biomechanics of the Normal and Diseased Hip. Theoretical Foundation, Technique and Results of Treatment: An Atlas. – New York, 1976.