TEMIR TANQISLIGIDA 6 OYLIK OQ ZOTSIZ KALAMUSHLARDA BUYRAK MORFOLOGIYASI
##article.subject##:
temir tanqisligi, buyrak strukturasi, glomerulyar koptokcha gipertrofiyasi, tubulointerstitsial remodelizatsiya, oksidlovchi stress, morfometriya##article.abstract##
Mazkur tadqiqot temir tanqisligining 6 oylik oq zotsiz erkak kalamushlar buyraklarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tajribaviy modelda 3 oy davomida temir tanqisligi ozuqasi ishlatildi, umumgistologik va morfometrik tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijalarda olib keluvchi va olib ketuvchi arteriolalarning kompensator ravishda kengayishi, glomerulyar tuzilmalarning gipertrofiyasi, Shumlyanskiy–Boumen kapsulasi bo‘shlig‘ining kengayishi hamda kapsuladagi bazal membrananing qalinlashuvi qayd etildi. Proksimal va distal burama naychalar epiteliy qavati balandligining sezilarli pasayishi, naychalar bo‘shliqlarining kengayishi va interstitsial to‘qimada dastlabki fibroz belgilari aniqlandi. Glomerulyar zichlikning kamayishi nefronlarning umumiy soni o‘zgarmagan holda qayd etildi. Olingan natijalar temir yetishmovchiligi buyrak shikastlanishining gipoksik-metabolik turini shakllanishiga olib kelishini, shuningdek erta tubulointerstitsial remodelizatsiya rivojlanishini isbotlaydi.
Библиографические ссылки
Zhao S, Wang X, Zheng X, Liang X, Wang Z, Zhang J, et al. Iron deficiency exacerbates cisplatin- or rhabdomyolysis-induced acute kidney injury. Free Radic Biol Med. 2021;173:81-96. doi:10.1016/j.freeradbiomed.2021.07.025
Ikeda Y, Horinouchi Y, Hamano H, Hirayama T, Kishi S, Izawa-Ishizawa Y, et al. Dietary iron restriction alleviates renal tubulointerstitial injury induced by protein overload in mice. Sci Rep. 2017;7:10621. doi:10.1038/s41598-017-11089-0
Garrido P, Ribeiro S, Fernandes J, Vala H, Bronze-da-Rocha E, Rocha-Pereira P, et al. Iron-Hepcidin Dysmetabolism, Anemia and Renal Hypoxia, Inflammation and Fibrosis in the Remnant Kidney Rat Model. PLoS One. 2015;10(4):e0124048. doi:10.1371/journal.pone.0124048
Hanudel MR, Eisenga MF, Rappaport M, Chua K, Qiao B, Jung G, et al. Effects of dietary iron intake and chronic kidney disease on fibroblast growth factor 23 metabolism. Am J Physiol Renal Physiol. 2016;311:F1369-F1377. doi:10.1152/ajprenal.00281.2016
Veuthey T, Hoffmann D, Wessling-Resnick M. Impaired renal function and development in Belgrade rats. Am J Physiol Renal Physiol. 2014;306:F333-F343. doi:10.1152/ajprenal.00285.2013
Sun MY, Ollerenshaw SL, Wedgwood S, et al. Dietary-induced gestational iron deficiency and nephrogenesis. Reprod Fertil Dev. 2017;29(5):855-866. doi:10.1071/RD15358
Woodman AG, Mah RL, Kinney S, et al. Perinatal iron deficiency alters renal retinoic acid signaling and nephrogenesis. J Nutr Biochem. 2023;112:109227. doi:10.1016/j.jnutbio.2022.109227
Wlazlo E, Mehrad B, Morel L, Scindia Y. Iron Metabolism as a Driver of Renal Pathology. Front Med. 2021;8:643686. doi:10.3389/fmed.2021.643686