IGNATS GOLDZIHERNING “SAHIHI BUXORIY” ASARIGA OID TADQIQOTI
##article.subject##:
Sahuhul Buxoriy, G‘arb manbashunosligi, Ignats Goldziher, ilmiy tadqiqot, e’tirof, sahihlik mezonlari.##article.abstract##
Mazkur maqolada G‘arb islomshunosligi namoyandalaridan biri bo‘lgan Ignats Goldziherning Imom Buxoriyning «Sahih al-Buxoriy» asariga bag‘ishlangan tadqiqotlari tahlil qilingan. Maqolada Ignats Goldziherning hayoti, ilmiy faoliyati va uning “Muhammadiy tadqiqotlar”(«Muhammedanische Studien») asarida bayon qilingan hadisshunoslikka oid qarashlari tahlil etilgan. Muallif hadislarni faqat diniy manba sifatida emas, balki ilk islom jamiyatining intellektual, huquqiy va ijtimoiy taraqqiyotini aks ettiruvchi tarixiy hujjat sifatida baholaydi. Shu nuqtayi nazardan, u Imom Buxoriy va Imom Muslimning sahih to‘plamlari qanday qilib musulmon ulamolari tomonidan eng ishonchli manbalar sifatida e’tirof etilganini tarixiy va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tushuntiradi. Maqolada Goldziherning «Sihohi sitta»sining shakllanishi, hadis to‘plamlarining tasniflanishi hamda ularning musulmon jamiyatidagi nufuzi haqidagi qarashlari keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada Goldziherning ba’zi hadis to‘plamlarining nima sababdan eng ishonchli manbalar qatoriga kirmaganligi haqidagi mulohazalari ham tahlil qilingan. Tadqiqotda Goldziherning Sahih al-Buxoriyga bo‘lgan munosabati faqat hadislarning ishonchlilik darajasini baholash bilan cheklanmagani, balki ushbu asarning musulmon jamiyatidagi diniy, huquqiy va madaniy vazifalarini o‘rganishga qaratilgani ko‘rsatib berilgan.
Библиографические ссылки
Brown, Jonathan. The Canonization of al-Bukhari and Muslim. Leiden: Koninklijke Brill NV, 2007.
Ignats Goldziher — Yahudiylik, Xristianlik va Islom chorrahasida”, Der Islam 90.2013.
Oltin yo‘llar: O‘rta asr va zamonaviy Islomda migratsiya, ziyorat va sayohat, Richmond, Surrey: Curzon Press, 1993.
Muḥammad Zubayr Siddiqi, Hadis adabiyoti: uning kelib chiqishi, rivojlanishi va o‘ziga xos xususiyatlari, tahrirchi: Abdal Hakim Murad (Kembrij: Islamic Texts Society, 1993).
Ignats Goldziher, Muslim Studies II, tarjima va tahrirchi: S.M. Stern va G.R. Barber (Chikago: Aldine Atherton, 1971).
https://encyclopedia.yivo.org/article/1582 “Goldziher Ignac” Robert Simon.Oxirgi qaralgan sana 02.02.2026
https://goldziheren.mtak.hu/az-egyetemi-oktato/ Oxirgi qaralgan sana: 02.02.2026.
https://www.jewishencyclopedia.com/articles/6776-goldziher-Ignats “Goldziher, Ignats” Isidore Singer, Max Schloessinger. Oxirgi qaralgan sana: 02.02.2026.