INTERNETDA MILLIY KONTENTNING OMMALASHUVI: OʻZBEK MADANIYATI VA TILINING RAQAMLI MAKONDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

##article.authors##

  • Bultakov Begzod Abdurasulovich

##article.subject##:

milliy kontent, internet, ommalashuv, oʻzbek madaniyati, oʻzbek tili, yosh avlod, milliy oʻzlik, texnologik omillar, ijtimoiy-madaniy omillar, iqtisodiy omillar, sifatli kontent, mualliflik huquqi, monetizatsiya, rivojlanish istiqbollari

##article.abstract##

Ushbu ilmiy maqolada internet makonida milliy kontentning ommalashuvi, uning oʻziga xos xususiyatlari, ommalashuviga taʼsir etuvchi asosiy omillar va mavjud muammolar ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, milliy kontentning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari va ularni yechish yoʻllari taklif etiladi. Internetda milliy kontentning ommalashuvi oʻzbek milliy madaniyati va tilining keng tarqalishiga, ayniqsa, yosh avlodning milliy oʻzligini anglashiga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Tadqiqot natijalariga koʻra, milliy kontentning ommalashuviga texnologik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy omillar muhim taʼsir koʻrsatadi. Milliy kontentning ommalashuvida sifatli kontent yetishmasligi, mualliflik huquqining buzilishi va kontentni monetizatsiya qilish bilan bogʻliq muammolar mavjud. Milliy kontentni rivojlantirish uchun sifatli kontent ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, mualliflik huquqini himoya qilish, kontentni monetizatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirish va milliy kontentni maqsadli targʻib qilish zarur. Milliy kontentning ommalashuvi oʻzbek madaniyati va tilining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»gi qonuni, 2003 yil 11 dekabr, 560-II-son.

Oʻzbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida»gi qonuni, 2016 yil 14 sentyabr, OʻRQ-406-son.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 avgustdagi 625-son qarori. «2017-2019 yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur».

Ahtamzoda Dehnaviy. «Globallashuv jarayonida milliy kontentning ahamiyati». ICTNEWS, 20.04.2018.

Aripov A. (2020). «Milliy kontentni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy omillari». Toshkent.

Benkler Y. (2006) «The Wealth of Networks: How Social Production Transforms Markets and Freedom». Yale University Press.

Castells M. (1996-2003) «Information Age: Economy, Society and Culture». Blackwell Publishers.

«Internetda oʻzbek milliy kontentini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi». Xabar.uz, 30.06.2022.

«Internetda milliy kontentni yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi». Aniq.uz, 04.07.2024.

Negroponte N. (1995) «Being Digital». Alfred A. Knopf.

Qodirov B. (2021) «Internetda milliy kontentni yaratish va targʻib qilish muammolari». Toshkent.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-15