“SABʼAI SAYYOR” DOSTONIDA ARABCHA SOʻZLAR VA BADIIY SANʼATLARNING UYGʻUNLIGI

##article.authors##

  • Madayeva Muʼtabarxon Amanullayevna

##article.subject##:

Alisher Navoiy, Sabʼai sayyor, badiiy sanʼat, qofiya, arabcha soʻzlar, maʼnaviy sanʼat, lafziy sanʼat, poetik mahorat, badiiyat, sheʼriyat

##article.abstract##

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodida badiiy sanʼatlar va arabcha soʻzlarning poetik ifodasi chuqur tahlil qilingan. Xususan, shoirning "Sabʼai sayyor" dostonida qofiya va badiiy sanʼatlarning qoʻllanilishi, shuningdek, arab va fors tillaridan kirib kelgan soʻzlar orqali yaratilgan badiiy obrazlar keng oʻrganilgan. Maqolada Navoiy asarlarida uchraydigan badiiy sanʼatlarning turli koʻrinishlari, jumladan, maʼnaviy va lafziy sanʼatlarning poetik funksiyalari batafsil yoritilgan. Ayniqsa, arabcha soʻzlar ishtirokidagi baytlarning badiiy tuzilishi, ularning ohangdorligi va poetik taʼsirchanligi tahlil qilinib, bu unsurlar orqali yaratilgan maʼnolar tizimi oʻrganilgan. Tadqiqot jarayonida Navoiy sheʼriyatida arabcha soʻzlarning qoʻllanilishidagi oʻziga xos uslublar ham koʻrib chiqilgan. Xususan, shoir tomonidan arab tilidan kirib kelgan soʻzlarning semantik va stilistik jihatlari tahlil etilib, ularning Navoiy badiiy mahorati va sheʼriyat estetikasiga taʼsiri ochib berilgan. Maqolada shuningdek, Navoiy tomonidan qoʻllangan qofiya tizimi va uning badiiy-estetik ahamiyati ham atroflicha tadqiq etilgan. Mazkur maqola Alisher Navoiy ijodiy merosini yanada chuqurroq anglashga, uning badiiy sanʼatlarni qoʻllashdagi noyob mahoratini baholashga va sheʼriyatining oʻziga xos xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. Xamsa. Sabʼai sayyor. Ilmiy-kritik tekst. (Tayyorlovchi: Porso Shamsiyev). – Toshkent: OʻzFA nashriyoti, 1956.

Alisher Navoiy. Toʻla asarlar toʻplami, yettinchi jild. “Xamsa”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor”. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom, 2011.

A.Hojiahmedov. Mumtoz badiiyat malohati. – Toshkent: Sharq, 1998.

S.Hasanov. “Sabʼai sayyor” ning badiiyatiga doir. // Alisher Navoiyning adabiy mahorati masalalari// maqolalar toʻplami. – Toshkent: Fan, 1993.

Yo.Isʼhoqov. Navoiy poetikasi. – Toshkent.: Fan, 1983.

M.Yoʻldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent.: Fan, 2008.

K.Mullaxoʻjayeva. Alisher Navoiy gʻazaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy sanʼatlar uygʻunligi. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Alisher Navoiy, Qomusiy lugʻat, II jildlik. – Toshkent: AKADEM nashr, 2019.

Isʼhoqov Yo. Tazod. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970.

Isʼhoqov Yo. Tashbeh. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1970.

Isʼhoqov Yo. Ishtiqoq. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1972.

Isʼhoqov Yo. Tardi aks. // Oʻzbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1971. .

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-15