TASAVVUF ILMI RIVOJIDA ABU NASR SARROJNING OʻRNI

##article.authors##

  • Nilufar Tuychiyeva Maxsutjanovna

##article.subject##:

Lumaʼ, sunniy tasavvuf, botiniy fiqh, zohiriy ilm, istinbot, tasavvuf, komil inson, ibohiylar

##article.abstract##

Maqolada koʻzga koʻringan tasavvuf nazariyotchilaridan biri Abu Nasr Sarroj Tusiy va uning “Lumaʼ” asari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Sarrojning mazkur kitobi bizgacha yetib kelgan tasavvuf ilmiga oid ilk tizimli kitob sifatida eʼtirof etiladi. Tasavvufning mohiyati va uning ahli sunna doirasida shakllangan ilm ekani bilan bogʻliq tahlillar yoritilgan. “Lumaʼ” tasavvufni diniy ilmlardan biri ekanini dalillar asosida koʻrsatib berish maqsadida yozilgan. Shu sababdan Sarroj fiqh, kalom, hadis kabi islom ilmlarining mavzusi va uslublarini tasavvufga yoʻl ochadigan tarzda tahlil qiladi. Tasavvufni islom axloqi va maʼnaviyati bilan shugʻullanuvchi, boshqa islom ilmlari kabi istinbot usulidan foydalanuvchi, lekin bu usul orqali fiqhning botiniy hukmlari bayon etiladigan mustaqil bir ilm sifatida tasvirlagan. Natijada, tizimli shaklda bir ilm yuzaga kelishiga zamin yaratgan. Tasavvufga nisbatan salbiy qarashlar yoki meʼyordan tashqari amaliyotlarni chegaralash natijasida qabul koʻrilgan bir fan yuzaga keldi. Bu ilm orqali insonni yuksak axloq darajasiga olib chiqish yoʻllari muhokama qilingan. Bunda Abu Nasr Sarrojning oʻrni beqiyos ekani taʼkidlangan. Bir soʻz bilan aytganda Sarrojning yondashuvi sufiylarning faqih va mutakallimlar bilan boʻlgan munosabatini yaxshilashga xizmat qildi va kelajakda sunniy tasavvuf maktablarining shakllanishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham u tasavvuf tarixida “Ahli sunna val jamoa” eʼtiqodi doirasidagi tasavvufiy taʼlimotning asoschilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Библиографические ссылки

Abu Nasr Sarroj. Lumaʼ. –Misr: Maktabatu saʼada, 1960. –B. 14, 15.

Abulqosim Qushayriy. Risalatul Qushayriya. – Misr: Matbaatu mustofal babil halabi, 1940.; Ali ibn Usmon Hujviriy. Kashful mahjub. – Bayrut, Darun nahdatul arabiya, 1980.; Abu Homid Gʻazzoliy. Ihyou ulum addin. Toshkent: Sharq, 2020.; Abu Abdurahmon Sulamiy. Tabaqotus sufiyya. Kitaab ash-shab, 1998.; Abu Hafs Suhravardiy. Avoriful maʼorif. – Bayrut: Qosim Ansoriy, 1966

Абу Нуайм Исфахоний. Хилятул авлиё. – Байрут: Дарул кутубул илмия. 1988, – Б. 15.

Ekrem Demirli, Sadreddin Konevîʼde Bilgi ve Varlık, – İstanbul, İz Yay., 2005, – S. 49.

Ebû Abdullah Hârizmî, Mefâtîhuʼl-ulûm, Yay. Haz. Osman Halil, (y.y.), 1930, – S. 3-5.

Farâbî. İlimlerin Sayımı (İhsâuʼl-Ulûm), çev. Ahmet Arslan, – İstanbul: Millî Eğitim Basımevi, 1924. – S.14.

Hacı Bayram Başer. Serrâcʼin tasavvufa yaklaşimi: bir islâm ilmi olarak tasavvuf ya da fikh-i bâtin. Sakarya Üniversitesi Ilahiyat Fakültesi Dergisi, cilt: XII, sayı: 22. 2010/2, – S. 101-119.

Kamil Yılmaz. el-Lümaʼ İslâm Tasavvufu/The Kitab Al-Lumaʼ Fi ʼl-Tasawwuf. – Istanbul: Erkam Yayınları, 2012. -536 s.

Musulmon tasavvufi / tarjimon Qodirqul Roʻzmatzoda. – Toshkent: “Fan ziyosi”, 2022. – B. 151.

Nicholson, Reynold A., The Kitâb al-Luma fiʼl-Tasawwuf of Abu Nasr, Leiden, London, E. J. Brill, Luzac and Co., 1914.

Süleyman Ateş, İşârî Tefsir Okulu, – İstanbul: Yeni Ufuklar Neşriyat, 1998. – S. 12

Ҳожи Байрам Башар. Абу Наср Саррож Тусий ва Лумаъ // https://islamdusunceatlasi.org/

Шамсиддин Заҳабий. Тарихул ислам. – Байрут: Дарул китабил арабий, 1989. Жилд XXVI, ¬ – Б. 625.; Али ибн Усмон Ҳужвирий. Кашфул маҳжуб. – Байрут, Дарун наҳдатул арабия, 1980. – Б. 567; Фаридуддин Аттор. Тазкиратул авлиё. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2013. – 464 б.

Шиммель Аннемари. Мир исламского мистицизма / пер. с англ. Н. И. Пригариной, А. С. Рапопорт. 2-е изд., испр. и доп. – Москва: ООО «Садра», 2012. – С.95.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-15