FALSAFA VA DIN INSON MA’NAVIYATINING ASOSI
##article.subject##:
Borliq, mashshaiyun, inson, aql, baxt, mohiyat, vujudi vojib, vujudi mumkin, “Birinchi mohiyat”.##article.abstract##
O‘rta asr arab-musulmon falsafasida insonning o‘rni, insonlarning ma’naviy va moddiy farovonligi, maqsadi, baxt-saodat nima va unga yetishishning zarurligi, komil rahbar, adolat, axloq, boshqaruv, donolikka intilish, borliq, bilish, aql, ruh (jon), mavjudotlarning bir-biriga bo‘ysunishi, tobeligi, hukmronligi, zarurati, qadr-qimmati, azaliy va abadiyligi, inson mohiyati, haqiqatga erishish kabi masalalar talqin qilingan. Maqolada o’rta asr Sharq va antik davr G’arb faylasuflarining qarashlarining qiyosiy tahlili va sharhlari aks ettirilgan. Falsafa va din bir-birini rad etuvchi emas aksincha bir-birini toldirib, taqozo etuvchi ilm manbai ekanligi izohlangan. Teosofiyaga ko’ra, borliqning paydo bo‘lishi va mavjudligi, hayot va uning mohiyati, insonning vazifasi hamda mohiyati, inson o’z mohiyatini anglashdagi zaruriyati sharhlab, tushuntirilgan. Haqiqatga erishish dalil va isbot asosida, turli qarama-qarshi qarashlarning birlashuvi natijasida erishish mumkinligi qayd etilgan. Abu Nasr Forobiy gnoseologiyasida inson bilishi mumkin bo‘lgan bilimlar nazariy va amaliy qismlarga bo‘linadi. “Ikkinchi muallim” baxtni har kim turlicha tushunishini ta’kidlagan. Baxtga hamma intilishi va o’zgalarni baxtli qilishga harakat qilishi haqidagi olimning qarashlaridan u jamiyatni fozillashtirishga intilganligini ko’rish mumkin.
Библиографические ссылки
O’zbek tilida:
М.Қодиров. Марказий Осиё, Яқин ва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури. – Т.:ТошДШИ, 2010.
Ўрта Осиё халқлари ҳурфикрлиги тарихидан., Ҳайруллаев М. М. таҳрири остида Т., Фан, 1990.
Rus tilida:
Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. //Книга букв.–Алма Ата: Наука, 1987.
Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. //Отношение философии к религии.–Алма Ата: Наука, 1987.
Аль-Фараби. Астана. Елорда. 2005.
Наследие аль-Фараби и мировая культура (материалы международного конгресса), Алматы, 2001, Динани Г.И. (Эрон).
Фараби. Социально-этические трактаты. Алма-Ата., Наука, 1973.
Arab tilida:
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining nodir qo’lyozmalar fondidagi Р №2385 – LXII raqamliكتاب فى مبادى ﺁراء اهل المدينة الفاضلة qo’lyozmasi.
Fors tilida:
Ризо Доварий Ардаконий. Форобий ислом фалсафасининг асосчиси. Илмий-текшириш ва маданий тадқиқотлар муассасаси. Теҳрон, 1998.
١٣٢٥ .ﻩ رشيدىﺨﻮ . تهران ﭽﺎپ ﺪ١ﻨﺸﮓﺎﻩ .لغت نامه .دهخدا