GEMIFATSIAL SPAZMDA NEYROFIZIOLOGIK VA STRUKTUR-GEMODINAMIK O‘ZGARISHLARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI

##article.authors##

  • Uzakov Jurabek Bachtiyorovich
  • Mavlyanova Zilolz Farxadovna

##article.subject##:

gemifatsial spazm, yuz nervi, elektroneyromiografiya, LSR/AMR, yuzaki elektromiografiya, neyrosonografiya, neyrovaskulyar konflikt, stratifikatsiya

##article.abstract##

Maqolada gemifatsial spazm bilan og‘rigan bemorlarda klinik-nevrologik, neyrofiziologik va struktur-gemodinamik o‘zgarishlarni kompleks baholashga, shuningdek ularning diagnostik ahamiyati va kasallikning og‘irlik darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga bag‘ishlangan mualliflarning o‘z tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Maqsad. Gemifatsial spazmning klinik-neyrofiziologik va struktur-gemodinamik xususiyatlarini aniqlash hamda bemorlarni differensial baholash va diagnostik yondashuvni takomillashtirish uchun eng informativ mezonlarni belgilash. Material va usullar. Jami 126 nafar shaxs tekshirildi, ulardan 96 nafarida klinik tasdiqlangan gemifatsial spazm mavjud bo‘lib, 30 nafar shaxs nazorat guruhini tashkil etdi. Asosiy guruhga 47 nafar, taqqoslash guruhiga 49 nafar bemor kiritildi. Gemifatsial spazmning klinik-nevrologik bahosi Jankovich shkalasi, HFS score, HFS-7 va Sunnybrook tizimi bo‘yicha o‘tkazildi. Yuz nervining funksional holati ENMG, LSR/AMR, ko‘z pirpirash refleksi va yuzaki EMG yordamida o‘rganildi. Struktur o‘zgarishlar ultratovush usuli bilan, neyrovaskulyar konflikt esa MRT va MR-angiografiya ma’lumotlari asosida baholandi. Natijalar. Gemifatsial spazmli bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan yaqqol klinik-nevrologik, neyrofiziologik va struktur-gemodinamik farqlar aniqlandi. LSR/AMR asosiy guruh bemorlarining 83,0% ida va taqqoslash guruhining 81,6% ida qayd etildi, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 3,3% ni tashkil etdi. Yuzaki EMG assimetriya indeksi nazorat ko‘rsatkichlaridan 4 martadan ortiq, patologik razryadlar chastotasi 11 martadan ortiq, patologik koaktivatsiya indeksi esa taxminan 4,5 marta yuqori bo‘ldi. Zararlangan tomondagi yuz nervi diametri nazorat darajasidan taxminan 23–24% ga, nerv assimetriyasi koeffitsienti esa 22–23% ga yuqori bo‘ldi. Neyrovaskulyar kontakt gemifatsial spazmli bemorlarning taxminan 80% ida, ildizcha deformatsiyasi bilan kechuvchi konflikt esa bemorlarning qariyb yarmida aniqlandi. Xulosa. Gemifatsial spazm yuz nervining patologik qo‘zg‘aluvchanligi, miya ustuni reflektor mexanizmlarining buzilishi, mimik mushaklar bioelektrik faolligining yaqqol assimetriyasi va yuz nervining struktur-gemodinamik o‘zgarishlari bilan tavsiflanadi. Klinik, neyrofiziologik, ultratovush va neyrovizualizatsion ko‘rsatkichlarni birgalikda baholash bemorlarni stratifikatsiya qilish, qo‘shimcha diagnostika hajmini asoslash va keyingi davolash taktikasini belgilash imkonini beradi.

Библиографические ссылки

Акулов М.А., Шиманский В.Н., Орлова О.Р. и др. Увеличение эффективности ботулинотерапии при возврате симптомов гемифациального спазма после васкулярной декомпрессии: клинический случай и обзор литературы // Вопросы нейрохирургии им. Н.Н. Бурденко. 2022. Т. 86, №2. С. 89–96. DOI: 10.17116/neiro20228602189.

Жучок А.Н., Чернуха Т.Н. Ботулинотерапия гемифациального спазма: обзор литературы // Неврология и нейрохирургия Восточная Европа. 2025. Т. 15, №1. С. 94–104. DOI: 10.34883/pi.2025.15.1.058.

Залялова З.А. Гемифациальный спазм // Журнал неврологии и психиатрии им. С.С. Корсакова. 2020. Т. 120, №8. С.

–147. DOI: 10.17116/jnevro2020120081140.

Трашин А.В., Шулёв Ю.А., Богданова Е.М. Оценка качества жизни пациентов с гемифациальным спазмом после микроваскулярной декомпрессии и ботулинотерапии // Вопросы нейрохирургии им. Н.Н. Бурденко. 2023. Т. 87, №1. С. 64–

DOI: 10.17116/neiro20238701164.

Трашин А.В., Шулёв Ю.А., Гордиенко К.С. Гемифациальный спазм // Журнал неврологии и психиатрии им. С.С. Корсакова. 2010. Т. 110, №5. С. 110–116.

Узаков Ж.Б., Мавлянова З.Ф., Ниёзов Ш.Т., Ашуров Р.Ф. Связь дефицита витамина B12 и нейромедиаторного дисбаланса с клинической выраженностью гемифациального спазма // Биология ва тиббиёт муаммолари. 2025. №6(166). С. 234–239.

Узаков Ж.Б., Мавлянова З.Ф., Ниязов Ш.Т., Джурабекова А.Т. Нейросонографическая оценка структур лицевого нерва у пациентов с гемифациальным спазмом // Журнал неврологии и нейрохирургических исследований. 2026.

Шиманский В.Н., Коновалов А.Н., Таняшин С.В., Пошатаев В.К. Васкулярная декомпрессия при гиперфункции черепных нервов: невралгия тройничного нерва, гемифациальный спазм, невралгия языкоглоточного нерва. М.: АБВ-пресс, 2023. 132 с.

Tan E.K., Fook-Chong S., Lum S.Y. et al. Validation of a short disease specific quality of life scale for hemifacial spasm: correlation with SF-36 // J Neurol Neurosurg Psychiatry. 2005. Vol. 76, No. 12. P. 1707–1710.

Wabbels B., Yaqubi A. Validation of a new hemifacial spasm grading questionnaire (HFS score) assessing clinical and quality of life parameters // J Neural Transm (Vienna). 2021. Vol. 128, No. 6. P. 793–802.

Загрузки

##submissions.published##

2026-11-07