KOGNITIV FUNKSIYALARNI KLINIK BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

##article.authors##

  • Ibodullaeva Mumtozakhon Dilmurod qizi
  • Daminova Xilola Maratovna

##article.subject##:

kognitiv funksiyalar, neyropsixologik skrining, MoCA, CogniFit CAB, diqqat, xotira, test sinovi

##article.abstract##

Kognitiv buzilishlarni erta aniqlash zamonaviy nevrologiya va neyropsixologiya oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Montreal Cognitive Assessment (MoCA) kabi skrining vositalari klinik amaliyotda keng qo‘llaniladi va yengil kognitiv buzilishlarni aniqlashda yuqori sezgirlikka ega. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bemorlarning kognitiv profilini yanada batafsil baholash uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.

Mazkur tadqiqotning maqsadi CogniFit General Cognitive Assessment test raqamli kognitiv baholash batareyasining imkoniyatlarini baholash va uning kognitiv funksiyalar skriningida MoCA ga qo‘shimcha vosita sifatidagi salohiyatini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

Tadqiqotga kognitiv buzilishlar bo‘yicha subyektiv shikoyatlari bo‘lmagan 50 nafar shartli sog‘lom ko‘ngilli kiritildi. Barcha ishtirokchilarda MoCA va CAB raqamli kognitiv batareyasi yordamida test o‘tkazildi. CAB batareyasi turli kognitiv domenlarni, jumladan diqqat, xotira, ijro funksiyalari, axborotni qayta ishlash tezligi, ko‘ruv-fazoviy qobiliyatlar, reaksiya va koordinatsiyani baholashga qaratilgan bir qator interaktiv topshiriqlardan iborat. Testni bajarishning o‘rtacha davomiyligi taxminan 30 daqiqa ni tashkil etdi.

MoCA bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 27,6 ± 1,2 ball ni tashkil etdi, bu esa tadqiqot ishtirokchilarining ko‘pchiligida me’yoriy qiymatlarga mos keldi. Biroq CAB natijalari tahlili ayrim kognitiv funksiyalar ko‘rsatkichlarida variativlik mavjudligini ko‘rsatdi. Ishtirokchilarning ko‘pchiligida diqqat ko‘rsatkichlari nisbatan pastroq bo‘lib, bu asosan diqqatni jamlash va uni barqaror saqlash domenlarida namoyon bo‘ldi. Boshqa bir qism ishtirokchilarda esa xotira ko‘rsatkichlari, asosan ishchi va qisqa muddatli xotira bo‘yicha pastroq natijalar kuzatildi.

Olingan ma’lumotlar CAB klinik jihatdan yaqqol ifodalangan kognitiv buzilishlar bo‘lmagan holatlarda ham kognitiv profilning individual xususiyatlarini aniqlashga qodir ekanini ko‘rsatadi. Shunday qilib, CAB raqamli batareyasi kognitiv funksiyalarni skrining qilish va monitoring olib borishda istiqbolli vosita sifatida qaralishi hamda klinik amaliyotda MoCA ga qo‘shimcha ravishda qo‘llanilishi mumkin.

Библиографические ссылки

Nasreddine Z.S., Phillips N.A., Bédirian V., et al. The Montreal Cognitive Assessment, MoCA: a brief screening tool for mild cognitive impairment. // Journal of the American Geriatrics Society. 2005;53(4):695–699.

Petersen R.C. Mild cognitive impairment as a diagnostic entity. // Journal of Internal Medicine. 2004;256(3):183–194.

Khodjieva D. T., Khaydarova D. K. Clinical and neuroph clinical and neurophysiological ch ogical characteristics of teristics of post-insular cognitive disorders and issues of therapy optimization. Central Asian Journal of Pediatrics. Dec.2019. P 82-86

ДТ Ходжиева, НК Хайдаров, ДК Хайдарова Коррекция астеноневротического синдрома энергокорректором цитофлавином. Неврология – №3. 2013.С16-19.

Яхно Н.Н., Захаров В.В., Локшина А.Б. Легкие когнитивные нарушения: диагностические и терапевтические аспекты. // Неврология, нейропсихиатрия, психосоматика. 2011;3(2):8–13.

Daminova X.M., Mamajanov F.E., Musayeva Yu.A. Oddiy va assotsiyalashgan migrenda kognitiv funksiyalarni yoshga bo`g`liq o`zgarishlarini baholash // The Journal of Humanities and Natural Sciences. 2024

Локшина А.Б. Современные подходы к диагностике когнитивных нарушений. // Журнал неврологии и психиатрии им. С.С. Корсакова. 2014;114(7):85–90.

Wild K., Howieson D., Webbe F., et al. Status of computerized cognitive testing in aging: a systematic review. // Alzheimer’s & Dementia. 2008;4(6):428–437.

Maruff P., Thomas E., Cysique L., et al. Validity of the CogState brief battery: relationship to standardized tests and sensitivity to cognitive impairment. // Journal of Clinical and Experimental Neuropsychology. 2009;31(2):165–178.

Загрузки

##submissions.published##

2026-05-15