JARROHLIKDAN KEYIN MENINGIOMA BILAN OG’RIGAN BEMORLARNING REABILITATSIYA SALOHIYATIGA STRUKTURAVIY VA NEYROKOGNITIV OMILLARNING TA’SIRI

##article.authors##

  • Ravshanov Davron Mavlonovich
  • Mavlyanova Zilola Farxadovna
  • Maxmudov Sardor Mamasharifovich

##article.subject##:

meningioma, reabilitatsion salohiyat, FIM, MoCA, HRV, kognitiv tiklanish, tibbiy reabilitatsiya.

##article.abstract##

Tadqiqotning maqsadibosh miya meningiomalarini jarroxlik bilan olib tashlangach bemorlarda funksional, kognitiv va psixovegetativ holatlar dinamikasi, hamda RP – Rehab tibbiy reabilitatsiya modul dasturi samaradorligini baholash. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotga o’smani xirurgik olib tashlangach, gistologik jihatdan (WHO Grade I-III) meningioma tasdiqlangan 118 nafar bemor kiritildi. Funksional holat FIM va Barthel Index shkalasi, kognitiv funksiyalar - MoCA va FAB, avtonom boshqarish – yurak ritmining variabelligi (SDNN, RMSSD, Stress Index) ko’rsatkichlari asosida baholandi. Reabilitatsiya  erta mobilizatsiya, funksional – yo’naltirilgan kinezioterapiya, kognitiv modullar va nafas – vegetativ mashqlar (HRV-biofeedback) ni  o’z ichiga oluvchi RP – Rehab dasturi asosida o’tkazildi. Natijalar. Reabilitatsiya boshlanishidan oldin yetarlicha funksional cheklanishlar (FIM 91 ± 14; Barthel 64 ± 15) va kognitiv funksiyalarning pasayishi (MoCA 22,3 ± 3,1; FAB 11,1 ± 2,7), hamda yaqqol ifodalangan simpatikotoniya (Stress Index 248 ± 71) kuzatildi. RP – Rehab dasturi qo’llanilganidan 3 oy o’tgach, funksional erkinlik va kognitiv holatning  yaxshilanishi (FIM 112 ± 9; Barthel 89 ± 10; MoCA 25,7 ± 2,4; FAB 13,8 ± 2,1; p < 0,001), hamda avtonom balansning tiklanishi (SDNN 41,5 ± 12,7; Stress Index 183 ± 53; p < 0,001) qayd etildi. Xulosa. RP-Rehab dasturi bosh miya meningiomalarini olib tashlanganidan keyin bemorlarning qayta tiklanishi uchun samarali yondashuv bo’lib, kundalik mustaqillik, kognitiv funksiyalar va moslashuv zaxiralarining yaxshilanishini ta’minlaydi. Reabilitatsion salohiyatini baholash asosida yuklamalarni individuallashtirish davolashning asosiy muvaffaqiyatidir.

 

Библиографические ссылки

Lewis D.N., Perry A., Reifenberger G. et al.

The 2016 WHO Classification of Tumors of CNS: summary // Acta Neuropathologica. -2016.- Vol. 131. -P. 803-820.- DOI: 10.1007/s00401-016-1545-1.

Loewenstern J., Aggarwal A., Pain M. et al.

Peritumoral edema relative to tumor size predicts functional outcomes after meningioma resection in elderly patients // Operative Neurosurgery. -2019. -Vol. 16(3). - P. 281-291. -DOI: 10.1093/ons/opy107.

Marquardt G., Quick-Weller J., Tritt S., Baumgarten P., Senft C., Seifert V.

Two-stage resection of giant olfactory-groove meningiomas // Acta Neurochirurgica. – 2021. - Vol. 163(12). - P. 3425-3431. -DOI: 10.1007/s00701-021-04910-3.

Mehdorn H.M.Intracranial Meningiomas: 30-Year Experience and Literature Review // Advances in Technical Standards in Neurosurgery. - 2016. - Vol. 43. - P. 139-184. - DOI: 10.1007/978-3-319-21359-0_6.

Ostrom Q.T., Patil N., Cioffi G. et al.

CBTRUS Statistical Report: Primary Brain and CNS Tumors Diagnosed in the United States, 2013-2017 // Neuro-Oncology. - 2020. -Vol. 22. - P. 1-96. - DOI: 10.1093/neuonc/noaa200.

ДТ Ходжиева, НК Хайдаров, ДК Хайдарова Коррекция астеноневротического синдрома энергокорректором цитофлавином. Неврология.–№3. 2013.С16-19.

Джос Ю. С. и др. Особенности биоэлектрической активности головного мозга у женщин пожилого возраста с высоким уровнем личностной тревожности //Журнал медико-биологических исследований. – 2014. – №. 4. – С. 21-31.

Абдуллаева Н. Н., Ким О. А. Клинические особенности фокально обусловленной симптоматической височной эпилепсии у больных пожилого возраста //Доброхотовские чтения. – 2017. – С. 35-37.

Farxadovna M. Z. et al. Teleknologiyalardan foydalanib insultdan keyingi davrni individual reabilitatsiya qilish va klinik va neyroradiologik tadqiqotlar asosida natijalarni bashorat qilish imkoniyatlari //Journal of biomedicine and practice. – 2023. – Т. 8. – №. 4.

Anatolevna K. Farhadovna MZ реабилитационный потенциал как составляющая процесса ресоциализации молодых с ишемическим инсультом //journal of biomedicine and practice. – 2022. – Т. 7. – №. 2.

Kholmurodov A. T., Mavlyanova Z. F., Kim O. A. A MODERN VIEW OF THE PROBLEM OF CHRONIC FATIGUE SYNDROME //Journal of Modern Educational Achievements. – 2025. – Т. 1. – №. 1. – С. 2-7.

Худойкулова Ф. В. и др. The structure, age features, and functions of hormones. – 2023.

Бурханова Г. Л. и др. Обратная биологическая и тактильная связь в реабилитации пациентов с заболеваниями головного мозга c моторными, когнитивными и болевыми синдромами: черепно-мозговые травмы, церебральные инсульты.

Загрузки

##submissions.published##

2025-12-12