YUVENIL REVMATOID ARTRIT BILAN KASALLANGAN BOLALARDA NEVROLOGIK ASORATLARNING GIPERGOMOTSISTEINEMIYA BILAN BOG‘LIQLIGI

##article.authors##

  • Xamidova Nodira Abdujabbarovna
  • Madjidova Yakuthon Nabiyevna

##article.subject##:

qon tomir endoteliyasi, serum gomosistein, limfotsitlar, autoimmun reaksiya

##article.abstract##

Yuvenil revmatoid artrit (YuRA) patogenezida genetik, immun va atrof-muhit omillari o‘zaro ta’sir qiladi. So‘nggi yillarda gomosistein nomli aminokislotaning roli alohida ilmiy e’tiborni tortmoqda. Homosistein metionin almashinuvi natijasida hosil bo‘ladi. Gomosisteinning YuRA rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan biri — uning yallig‘lanish jarayonlariga ta’siridir. Gomosistein miqdorining oshishi makrofaglar va boshqa immun tizimi hujayralarini faollashtirib, yallig‘lanish sitokinlari (masalan, interleykinlar va o‘sma nekroz faktori) ajralishiga olib keladi. Bu molekulalar artrit kabi yallig‘lanish kasalliklarining patogenezida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, gomosistein miqdorining oshishi autoimmun reaksiyalarning rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bu T-limfotsitlarning faollashuvi va o‘z to‘qimalariga qarshi antitanachalar hosil bo‘lishi orqali ro‘y beradi. YuRA holatida immun tizimi bo‘g‘imlarga qarshi kurash olib borib, ularni yallig‘lantiradi va shikastlaydi.

Bundan tashqari, gomosistein qon tomir kasalliklari patogenezida ham ishtirok etadi. U endoteliy funksiyasini buzishi va tromb hosil bo‘lishini rag‘batlantirishi mumkin. Bu o‘zgarishlar bo‘g‘imlarning qon bilan ta’minlanishini yomonlashtirib, yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi va artritik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Библиографические ссылки

Балабанова Р.М., Кузьмина Н. Н., Эрдес Ш. Ф. Ревматические заболевания у детей и подростков Российской Федерации (2009— 2010) // Научно-практическая ревматология. - 2013. -№4 (51). - С.446-50

Ватутин Н.Т., Смирнова А.С., Эль-Хатиб. Принципы использования визуализирующих методов исследования в диагностике и лечении ювенильного идиопатического артрита // Современная ревматология. - 2015. - №4 - С.44-7.

Гайдар Е.В., Костик М.М., Дубко М.Ф., др. Эффективность адалимумаба при хроническом переднем увеите, ассоциированном с ювенильным идиопатическим артритом и резистентным к терапии метотрексатом: ретроспективное исследование серии случаев // ПФ. - 2016. - №4. - С.340-4.

Гром А.А. Системный ювенильный идиопатический артрит: механизмы развития, мишени для генноинженерной биологической терапии // Вопросы современной педиатрии. - 2012. - №3

Кузьмина Н. Н., Воронцов И. М., Никишина И. П., Салугина С. О. Эволюция взглядов на терминологию и классификацию ювенильных хронических артритов // Научно-практическая ревматология.- 2001. - №1 –

Макунина Ю. Ю., Юрова Е. С., Мельниченко О. А. Структура ревматических заболеваний у детей по данным клиники госпитальной педиатрии за последние 30 лет // БМИК. - 2014. - №4. -

Загрузки

##submissions.published##

2025-05-18